F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet133/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Tafakkur turlari
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlaming ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ulaming tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikming originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi:

Tafakkur turlari

Shakliga ko’ra

Ko'rga2mali-harakat, ko'rgazmali-obrazli,

Topshiriq xarakteriga ko'ra

Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy

Fikr yoyiqligiga ko'ra

Konkret abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv

Fikming originallik darajasiga ko'ra

Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy



V.Karimovaning "Psixologiya” o’quv qo’llanmasida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi.
199

Tafakkur turlari

Shakliga ko'ra

Ko'rgazmali-harakat, ko’rgazmali- obrazli, mantiqiy

Ko'riladigan masalaning xarakteriga ko'ra

Nazariy, amaliy

Ijodiylik elementiga ko'ra

Konvergent, divergent

Yangiligi va noyobligiga ko'ra

Reproduktiv, produktiv (ijodiy)



Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tafakkur klassifikasiyasi quyidagi tarzda ham ifodalanadi.
Ko'rgtzmali-harakit

Shakliga ko'ra

I Ko'rgAzmali'Obrtzli

( So 'z-mantiqiy
.—




Topshiriqni hai ^iiish usuliga ko'ra

1 АшдЦу
Dkla-iuK




Ijodiylik darajasiga ko'ra

j Uudtfv
MihmMar bo'tmagui




Yangj-igi va noyobligiga ko'ra

1 _M«h>uUbr




  1. V.Petrovsldy muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkumi quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko'rgazmali-karakat, ко’rgazmali- obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.

Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlami dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan vechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajraiib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkuming bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqi! nazariy fikr yuritish faoliyati ajraiib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir boianing psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastawal sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlami amalga oshiradi, amaliy bilimlami o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-
200
harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan o’yinchoqlami qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ulami idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o’yinchoqlami o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarga ajratilganlami yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ulami ob'ektni sindirib yoki buzib bo’lsa ham, ulaming ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolami hal qilishda ko’pincha buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling