F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


II! BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni


Download 0.84 Mb.
bet23/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

II! BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni

O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan is- lohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o‘z ish- lariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoiiyat- ida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim be- rishdek savobli va mas’uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqboJ uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qim- mati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yo- ki qo'Ii gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayotyo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql- idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzand- lari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukli- gi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas’uliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etish- ga ijodiy yondashishga o(z mahoratini doimo faollashtirib bor- ish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yor- dam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bili- shi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasining birin- chi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1-oktyabr Maktabgacha ta'lim xodimlari - o'qituvchi murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimiz- ni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligi- dan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar say- lanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oy- lik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yax- shilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling