F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
1932-yil - Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyi- hasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog'chasi ishini tartibga solish- ga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va mazmun berishga yor- dam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasa- sidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish ma- salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jis- moniy, rasm, loy mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi- lan mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan- tirish, savod chiqarish bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu- rakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi. 1938-yil - Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma nashr etildi. Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbiyalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravish- da, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- dashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo'llanmada o'z aksini topdi. 1953-yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi. 1959-yil- Maktabgacha tarbiyamuassasalariniyanada rivoj- lantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ular- ga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagi qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasa- si qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- yalashning yagona programmasini tuzish belgilandi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling