"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasi quyidagi kichik sohachalarga bo'linadi:
Yirik motorikani rivojlantirish;
Mayda motorikani rivojlantirish;
Sensomotorikani rivojlantirish;
Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.
Yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlik- ka va baiandlikka), zina bo'yiab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi.
Mayda motorikani rivojlantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qir- qish, bo'lish) uchun o'z qo'llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi.
Sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o'z hara- katlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshi- tish, qo'l bilan his qiiish, hid bilish) foydalanadi.
Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni rivojlantirish - bun- da bola o'z sog'lig'ining muhofazasiga ta'sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarini egallaydi.
Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash - o'zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish] kabi vazifalar yoritilgan.
Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniq- lash va uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo'yicha ota-onalar bilan hamkorlik qilish, sog'lom turmush tarzining muhimlig- ini tushuntirish va uni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |