F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj- lantirishda
Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:
Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu- nosabatlarda o'zining "Men" mezoni bo'yicha shaxsiy rivoj- lanishining ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisob- lanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi. bosqich - oiladagi muhit. Bolani o'rab turgan muhit bilan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq- lanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga yo'naltiriladi. bosqich - vaziyatdagi voqelik - bolani bo'lib o'tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to'liq qaram- ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega bo'ladi. bosqich - vaziyat ustidagi voqelik - bolani vaziyatlar oqi- mi ta'siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tu- shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi. bosqich - o'zidagi voqelik - bola o'z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasi- dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men'ini namoyish etadi. bosqich - bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr- qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni - bola to- monidan insoniyat o'zlashtirilishini ta’minlovchi rivojlanish- ni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta'lim berish jara- yonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma’naviy o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir. Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj- lantirishda - psixologik qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv - bolaning muammolarini tushu- nishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi - bola va kattalar o'rtasidagi kundalik pedagogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno- sabatlarni rivojlantirishdir. Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog: Bolaga o'ziga va pedagogga bo'lgan ishonchni oshira borib, unga samimiylik, g'amxo'rlik va mehr-muhabbat namoyon etadi; Bolaning o'z-o'zini baholashni mustahkamlash va aha- miyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda ta'kidlaydi; Bolada xato qilish qo'rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy his- siy bo'shliq yaratadi; Bolaning omadsizliklariga diqqatni to'xtatmay tushunib (norozilik bilan emas) qaraydi, uning yechimini topishda bola bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxs- ga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida "katta bola" mu- nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa, ta’lim oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga egadir- lar. Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga hal qilib yo'l ko'rsatadi. Psixologik qo'llab-quvvatlash pedagog va bola o'rtasidagi hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling