F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Davlat talablarining asosiy vazifalari
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat talablarining tamoyillari
- Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bo- lalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini joriy etish; ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’Iim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash. Davlat talablarining tamoyillari: bolaning noyobligi; "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bola- ning faol roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi; bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida yondashuv. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar: Maktabgacha ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- qishlari. Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratil- gan yaxlit jarayon: rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar: rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi ahiq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy so- halarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi; kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va malaka- lar ko'rsatkichi; bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- limi, ko'nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari: integratsiya - bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik: inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatiarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbi- ya olinishini teng ta'minlovchi jarayon; "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvuriari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi; refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-ha- rakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni, Davlat talablari tug'ilgandan 7 yos>’hgacha bo'lgan bolalar- ning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir necbta talablardan va kuti- layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat. jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakl- lanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari: bilish jarayoniningrivojlanishi; ijodiy rivojlanish. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling