F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tamoyili


Download 0.84 Mb.
bet13/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tamoyili. Bola va pe- dagogning hamkorlikdagi tubdan o'zgartirilgan (ko'rgazmali - rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbi- yalashga yo'naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunini hayotiy bo'shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo'lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.

Tubdan o'qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:

  • ljtimoiy pedagogik yondashuv;

  • Gnoseologik (bilish faoliyati] yondashuv o'qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi)

  • Psixologik yondashuv - insonning rivojlanishi va bilim- larni o'zlashtirishi psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqadi.

  • Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Gainerin, N. F. Talo'zin) - rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;

  • Akmeologik yondashuv - (grekcha so'zdan olingan bo'lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o'qish degan ma’noni bildiradi)

Uning asl mohiyati - o'qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayotiy mazmunini o'zgartiradi, o'ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajara- di. Ilmni o'rgatishga o'tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv bo'lgan olamni anglashdir.
VI. Qayta shakllantirish - ta’lim texnologiyasini o'qitish- ning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika po- zitsiyasi tamoyilidan ko'rib chiqish Iozim.
O’qitishning metodik jihatdan ko'rib chiqilganda, maktab- gacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. Qodirova) muhim o'rin egallaydi.
Ta’lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:

1. Didaktik tamoyillar:

  • Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.

  • Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.

  • Oson erishuvchanlik tamoyili - bolalarning anglash faoli- yatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq.

  • Yetkazish tamoyili - o'qitish jarayonida bolalarning aloxi- da (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.

  • Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq.

  1. Ta’lim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'l- lanmali, psixik.

  2. Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsi- ya-

  3. O'zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.

  1. - tur - hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa - his- siy-shaxsiy munosabatlar bo'yicha almashuvi va keyingi ham- korlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak), hissiy kayfiyat- ni yuzaga keltirish.

  2. - tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan maqsad o'zaro munosabatlar o'qitishning anglash aspektini ta'lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyat­larini ochishga yo'naltiriladi.

  3. - tur - o'quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyat- larini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajri- ba almashishi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi tur o'qitishning psi- xologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tatbiq etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil bo'ladi.

  4. - tur - akmeologik sohasini tatbiq etish. Bunda pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo'llash va notanish sharoitda ham harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta'sir etuv­chi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosa- batlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri"ning shakl- lanishidir.

O'zaro ta’sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning ham- korlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bola- lar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasi- ning didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning na- zariy negizi hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakl- lantirishni boshqarishgayo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:

  • Uslubiy tamoyillar;

  • Ta'lim vositalari;

  • Ta'lim bosqichlari;

  • Ta'limning usul va uslublari hisoblanadi.



Uslubiy tamoyillar:

  • o'qitish maqsadlarining o'zaro qaramlik va bog'liqlik ta- moyili;

  • qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta'lim tamoyili;

  • ta'limning syujetli vaziyatli bog'liqlik tamoyili.

Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tatbiq etishda quyida- gi ta’lim maqsadlari muhim hisoblanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling