F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
- BOB. AQLIY TARBIYA Aqliy tarbiya haqida tushuncha
- Aqlni ikki xil kategoriyaga boladi
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Iste’dod - har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyat.
Komil inson - inson aqliy takomillashuvi bosqichlaridan bi- ri. Jismoniy madaniyat - bu insonning barcha tabiiy va ijti- moiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqaruvchi uni tobora insoniy- lashtirib, ham jismoniy, ham ma’naviy chiniqtirib boruvchi ja- rayondir. Nazorat uchun savollar: Jismoniy tarbiyaning mazmuni, Jismoniy tarbiyadagi asosiy tushunchalarning «jismoniy tarbiya», «jismoniy barkamollik», «badantarbiya», «jismoniy rivojlanish» mazmunini ochib bering. Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning jismoniy tar- biyalashning mazmunini ochib bering. Rejim [kun tartibini) tashkil etish. Turli yosh guruhlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish. Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni tarbiyalash. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni tarbiyalash. Jismoniy tarbiya vositalari. Chiniqtirishning mohiyati va uni o'tkazish metodikasi. Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: «Sog'lom avlod yili» deb qaysi yil e'lon qilindi? 1998-y. 1999-y. v) 2000-y. g) 2001-y. «Sog'lom avlod dasturi» qachon qabul qilingan? 1998-yil, 15-fevral 2000-yil, 15-fevral v) 2001-yiI, 1-iyun g) 2000-yil, 1-iyun Jismoniy tarbiya vositalari qaysilar? bog'cha maydonchasi, bolalatning ovqatlanishi uyqu, bolalar kiyimi v) sayr, chiniqtirish g) hamma javoblar to'g'ri Jismoniy madaniyat tushuncbasi nima? a) Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish v) Mehnat va turmushdagi batartiblik, ozodalik, chiniqtirish, jismoniy mashqlar g) Ovqatlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya berish- da qanday I darajali vazifalar mavjud? a] normal jismoniy rivojlanish bj harakat malakalari v) sog'lomlashtiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy g) jismoniy mashqlar BOB. AQLIY TARBIYA Aqliy tarbiya haqida tushuncha Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir. Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga : muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi, Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara- tilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik- bu donolik. Donolik insonningeng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne'matdirki, u har kim- ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko'tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa- lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar. Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko'tarilsin» deyilgan. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi, «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma'nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan. Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in- sonni yetishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be- rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. BUimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bfla olmaydilar, ularyetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta’limda yengildan og'iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshi- ga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e'tibor berish, ta'Iim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish, Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo'Iar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo'ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish ja- rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni ikki xil kategoriyaga bo'ladi: Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etish- dir. Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan. O'z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo'lishga chaqiradi. U aql va ilmni ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagona- sidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi. Muallif o'z fikrini aniqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'Iaklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qayta- rurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg’on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'lab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir». Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta'lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rah- barligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshi- ni e'tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya'ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har to- monlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mum- kin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuz- di. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta'lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e'tibor bergan. Children develop ideas and concepts at very young ages that help them make sense of their worlds. Learning is not the transfer of new information into an empty receptacle; it is the building of new understandings by the child on the foundation of existing understandings. Learning will be most effective when the child's preconceptions are engaged. Curricula can be evaluated on the extent to which they draw out and build on children's existing ideas. Bolalar g’oyalari va konsepsiyalarini o'z olami, o'z tasavvuri ichida tushunib juda erta yoshda rivojlantirib olishadi. O'quv jarayoni quruq yangilik yaratish emas, aksincha bor fundamentni rivojlantirish talqinidir. Agar kattalar yordamida o'quv mashqlari o'tkazilsa, o'qitish ancha samarali bo'ladi va biografik jihatlarini bola nimaga qiziqishi bor ekanligini aniqlash uchun ular o'z tasavurida chizgan rasmlar yoki qurgan narsalar yordamida bilib olish mumkin. www.Preschool. Com (Eaely childhool] 2014 Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma'lum maqsad bilan ta’sir etishidir. (J bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalar- da bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichi- ga oladi. Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta'limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bo'lishini ta’minlash tarbi- yachilarning javobgarligini yanada oshiradi. Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib tajribaning boyib bori- shi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur'atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayon- lari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usul- larini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi. Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti- rish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dast- lab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoli- yat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar ja- rayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yan- gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usul- larini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalari- ni samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug'ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqi- qotlarningnatijalari Maktabgacha ta'limyoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushun- chalarga ega bo'lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egal- lab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo'lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog'lanishlarni bilib oladigan bo'lib qoladilar. Ularda o'quv faoliyatining dastlabki ko'rsatkichlari shakllanadi. Shu- ning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib bo- rishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib to- padi. Kichik Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan to- monlarini ajratishga o'rgatish lozim. Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak- atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon bo'ladi. Tarbiyachi ku- zatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo'llab, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo'I qo'ymaydi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayoni- da namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik - fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qa- rash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mum- kin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng od- diy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa pred- metlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazi- falaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyat- li egallab olishga yordam beradi. Masalan: o'simliklar va hay- vonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali mashg'ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hay- vonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar. So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivoj- lantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafas- dagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo- lalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish zarur. Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivoj- lanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling