F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASINING RAHBARI. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI METODISTINING METODIKISHLARGA RAHBARLIGI


Download 0.84 Mb.
bet117/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM
MUASSASINING RAHBARI.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI
METODISTINING METODIKISHLARGA RAHBARLIGI


Mudira tashkiiotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali
pedagog va unga qo'yilgan talablar

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - bar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustidaijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi.Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagiiarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi;
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling