F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida


Download 0.84 Mb.
bet137/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:

  • maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;

  • idoraviy mansub ta'lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;

  • ta'mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo'yicha ishlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarining ehtiyojlarini aniq- laydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;

  • manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

  • O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta'lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitorin- gini olib boradi;

  • maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma'naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta'lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganilishini tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko'makla- shadi, maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o'rnatadi.

Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash sohasida:
~ fuqarolarning maktabgacha ta'Iimdan foydalanishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi;

  • maktabgacha ta'lim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;

  • maktabgacha ta'lim tizimi faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishiningdolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'limning amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlari va umumta'lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi;

  • raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshiradi;

  • maktabgacha ta'lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalarida ko'maklashadi,

  • konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ'ib qiladi;

  • bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga jalb etish ko'lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ'ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma’rifat bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

  • bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha moslashuv- chan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta'lim muassa- salarida prognozlashtirish bo'yicha axborot-tahlil ishlari o'tkazilishini ta’minlaydi;

  • davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

  • nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling