Bolaga yo'naltirilgan yondashuv - bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta'lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgunga qadar to'plagan tajribasini e'tiborga oladigan ta'lim shakli.
Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishiningmuhimliginibaholashvatahlil etishimkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.
Istiqbol reja - u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini (mashg'ulot, o'yin, mehnat, individual ishlash, ota-onalar bilan ishlash) o'zida aks ettiruvchi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanadi.
Kundalik reja - bir-ikki haftaga mo'ljallab tuzilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat - konspekt shaklida batafsil yoritiladi.
Bola huquqlari haqida Konvensiya - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar tashkilotining shartnomasidir. U bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi va bolalar huquqlarini himoya qiladi.
Bilish faoliyati - boladagi individual o'zgarishlar sur’atini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Bunda didaktik harakatlarning takrorlanishi va mazmuni jihatidan yakka yutuqqa erishiladi.
Didaktika - pedagogikaning ta’lim va o'qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmoqdir. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismdir. Didaktika yunoncha so'z bo'lib, "didasko" - o’qitish, "Didaskol" - o'rganuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. Didaktika pedagogikaning "Nimaga o'qitish", “Nimani o'qitish" va "Qanday o'qitish" kabi savollarga javob izlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |