MTM - Maktabgacha ta’lim bo'limi.
Metodik birlashma - maktabgacha ta’lim xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish shakllaridan biri.
Ko'chirma-papka - yig'ma papka, ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarida biror-bir mavzu bo'yicha jihozlangan ko'rgazmali vositadir.
Tibbiy-pedagogik yig'ilish - bu maktabgacha ta’lim muassasalarining ilk yosh guruhlari tarbiyalanuvchilari sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga bag'ishlanadigan kengash.
Ochiq tadbirlar - jamoa ishtirokida pedagogik jarayonlarni kuzatish.
Nazorat uchun savollar:
l.O'zbekistonda maktabgacha ta'limga metodik rahbarlik qaysi tizimda olib boriladi?
Markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
Metodik birlashma nima?
Seminar va seminar mashg'ulotining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Aholi o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish usul va shakllarini so'zlab bering
Mavzu yuzasidan test topshiriqtari:
Maktabgacha ta’limda metodik ishlar bu -
Pedagogik kengash, seminar, seminar mashg'ulotlari tibbiy-pedagogik kengash, maslahatlar, adabiyotlar tahlili
ota-onalar majlisi, umumiy maslahatlar, seminarlar
v) Pedagogik kengash, seminarlar, maslahatlar
g) seminar, seminar mashg'ulotlari
Pedagogik diagnostika bu -
ta'lim-tarbiya jarayonini chuqur tahlil qilish, uning samaradorligini to'g'ri baholash, ta'lim darajasini aniqlash
ta'lim tizimidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish
v) bilim sifatini takomillashtirish
g) ta’limni takomillashtirib borish
Metodik birlashmalar kim tomonidan tashkil etiladi?
maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan
Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan
v) Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan
g) yuqori tashkilotlar tomonidan
Metodik ishlarni tashkil etishning asoslarini yoritib bering.
Metodik kabinetda ishlash, Pedagogik kengash, seminar- trening, seminar mashg'ulotlari
yakkama-yakka suhbat, Pedagogik kengash, seminar
v) Pedagogik kengash, seminar mashg'ulotlari, seminar- trening, tibbiy-pedagogik kengash
g) umumiy va guruh ota-onalar kengashi, ochiq mashg'ulotlar, maslahatlar
Metodika uyushmalarining asosiy maqsadi qaysi bandda to'g'ri yoritilgan?
Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarini tatbiq etish
maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari tomonidan rahbarlik
v) tuman miqyosida ilg'or pedagogik ish tajribalarmi samaradorligini oshirish
g] hamma javoblar to'g'ri
Maktabgacha pedagogika fani bo'yicha izohli lug'at
Do'stlaringiz bilan baham: |