F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Metodika uyushmalarining maqsadi
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari
- METODIKA UYUSHMASININGISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
Metodika uyushmalarining maqsadi:
maktabgacha ta’lim muassasalarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta’lim faoliyatini muvofiqtashtirish; zamonaviy ta’lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish; ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslubiy adabiyotlar, ta’limga oid va didaktik o’yin vositalari ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat. Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari: Maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari tomonidan maktabgacha ta’lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va metodikishlarni o'rganadi hamda ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar (rahbar, metodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi bo'yicha yangi metodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta mashg'ulotlarni tashkil etadi. Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganadi hamda ulardan eng samaralilarini metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha ommalashtiradi. Tuman (shahar) miqyosida ommalashgan innovatsion ish uslublariga ega muassasalar ish tajribasini viloyat bo'yicha ommalashtirishga tavsiya etadi. Ta'lim muassasalari tarbiyachilarining metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, ta'lim- tarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini, qo'yilgan talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi. «Пк va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlattalablari»ningyo'nalishlarbo'yichaba-jarilishi va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogiktexnologiyalarbilanboyitish,unga yangi innovatsion g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab chiqadi va ularni ta'lim muassasalariga yetkazadi. Tuman(shahar)miqyosidategishlita'limyo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi. “Ilk qadam” dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayo- niga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qo'llanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi. . 13. Maktabgacha ta’lim muassasalarini maxsus sanitariya- gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim muassasalarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi. Ta’lim muassasalarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi. Ta'lim muassasalarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi. METODIKA UYUSHMASININGISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH TUman (shahar) miqyosida maktabgacha ta’limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi. Metodika uyushmasiga har bir ta’lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi. Metodika uyushmasiga tegishli ta'lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi. Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatlarini jamoatchilik asosida yuritadilar. Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) taJlim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi. Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin. Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etil- gan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur. Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling