F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Diagnostika (tashxislash)


Download 0.84 Mb.
bet156/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Diagnostika (tashxislash) - pedagogikaning bo'limi, ta'lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko'nikma, malaka va mahoratlarini, o'quvchi va maktabgacha yoshdagilarning bilimlarni o'zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o'rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug'ullanadi.

  • Visual ma'ruza (VM) - bu ko'rgazmali ma’ruzadir. Bunda asosiy o'qitish metodi ko'rgazmali namoyish kino, tele va video kadriar, slaydlar, diskdagi axborotlar o'qituvchilar tomonidan sharxlanadi.

  • Bozor iqtisodiyoti - jamiyat taraqqiyotini tezlashti- ruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyotining mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali doimiy hamda to'xtovsiz musobaqaning ishtirokchilariga aylantiradi, shu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifati yaxshilanib borishiga, miqdorning ko'payishiga sababchi bo'ladi.

  • Bilish - inson tomonidan voqelikni aks ettirish jarayoni. Bilish jarayoni sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik protseslarda ifodalanadi.

  • Bilish usullari - bilish jarayonining qonun-qoidasi, mezoni, tamoyili, shakli va usullari hamda vositalari, shuningdek bilish jarayoniga qo'yiladigan talablar tizimlari- ning majmuasiga bilish usullari deyiladi.

  • Amaliyot - nazariy bilimlarni bevosita amaliy jarayonga qo'llash.

  • Ijtimoiy yo'nalganlik - ta'limda yangicha yo'nalganlik bo'lib, u insonga fuqaro sifatida, ijtimoiy va kasbiy uyushmalar a’zosi sifatida ijtimoiy mehnatga bo'lgan qobiliyatni, fidoyiligiga, mas'uliyatli va ma'naviyatli bo'lish sifatiga qo'yilgan talablar.


  • Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling