F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet26/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Obyekt - tadqiq etilishi lozim bo'lgan narsa va hodisala- rdan iborat bo'lib, ular o'ziga o'xshash narsa va hodisalardan alohidaligi bilan farq qiladi.
Nazorat uchtin savollar:

  1. Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?

  2. Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar qaysilar?

  3. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nima- da?

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini izohlang.

  5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojla- nishini asoslab bering.

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. Bolalar hayotining kun tartibiga nimalar kiradi?

  1. uyqu, ovqatlanish

  2. bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat turlarining al- mashib turishi

v) jismoniy mashqlar
g) ovqatlanish

  1. Bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash davrini ne- cha bosqichga bo'lamiz?

  1. 5ta

  2. 6ta

v) 4ta
g) 3ta

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qaysi faoliyat turlaridan foydalaniladi?

  1. o'yin, mehnat, o'quv, muloqot, sport

  2. sayr orqali

v] ekskursiya orqali
g) mashg'ulot orqali

  1. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?

  1. ijtimoiy muhit

  1. irsiyat

v] irsiyat, muhit, tarbiya
g) biogenetik omillar

  1. O'yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolalarning qan- day faolligi rivojlanadi?

  1. ta'sirchanlik faoliyati

  1. ijtimoiy bilish faolligi

v) mustaqilligi
g) muloqot faolligi

  • BOB. JISMONIY TARBIYA

Jismoniy tarbiya nazariyasi
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi - go'zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boy- liklar manbayidir. Nasl-nasabi sog'lom va ma'naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog’lom, baquvvat, iymon-e’tiqodli va sadoqatli bo'ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudra- tining zo'r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saoda- ti uchun sog’lom avlod kerak.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya - sog'likni saqlashda ulug'vor usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa hara- kat - sog'ligida barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat - badan tarbiyasi haqida to'xtalib, uning bir necha xillari bo'lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekan- ligini, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib o'tadi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz- ligini D.Adisson shunday ta’riflaydi: «Mutolaa aql uchun qan- cha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur». Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman».
Sog'lom avlodni tarbiyalashga yuksak umuminsoniy qadri- yatlarga asoslangan hayotiy o'ringa ega bo'lgan ma'naviy boy axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismo- nan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllan- tirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlarni amal- ga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida 2000-yil «Sog'lom avlod yili» deb e'lon qilindi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - barchamizning ta- yanchimiz va suyanchig'imiz bo'lgan farzandlarimizni har ji- hatdan sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan ibo- rat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ish- larni qat'iy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Dav- lat dasturi qabul qilingan edi. Sog'lom avlodni voyaga yetka- zishda jismoniy tarbiya va sportning nechog'li ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ayon. Yurtimizda 2000-yiIdan boshlab o'tkazilayotgan «Alpomish o'yinlari», «Umid nihollari», «Uni- versiada», «Sog'lomjon, polvonjon», «Barkamol avlod» muso- baqalari fikrimiz dalilidir. «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xay- riya jamg'armasining tashkil qilinishi o'sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon ja- moatchiligi e’tiborini jalb qildi.
Jismoniy tarbiya to'g'risidagi ta’Iimot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur soha- siga qarashli turli hodisalarga ta'rif berilganda, «Badan tarbi­ya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy ri- vojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan ibo- rat: 1) mehnat va turmushdagi ko'nikmalarni (tartiblilik, ki- yimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejim- ga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uy- qu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolarjni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suvjni; 3) jismoniy mashqlarni o'z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish - odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o'zgarishini ifodalaydigan bi- ologik jarayondir. Tor ma'noda bu antropometrik va biometrik ko'rsatkichlar: bo'yi, tana og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, o'pka sig'imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlan­ish biologik hayot qonunlari - muhit va organizmning birligi, miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga muntazam ra- vishda o'tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o'zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshi- rish, jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini o'zgartirish mum- kin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbi- yasi ular hayotini saqlash, sog'Iig'ini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va tola ma'nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy - gigiyenik malakalarni shakllantirish, batar- tib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta’lim - tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog'lig'iga bog'liq. Shuning uchun ko'pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog'Iig'ini e’tiborga olgan holda amal­ga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg'un rivojlangan inson bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo'ladi, sharoitga oson moslashadi, harxil topshiriqlar- ni osonlik bilan tez bajaradi.
- 1—-U-—..-111 ' —■ —
In kindergarten, children begin to learn the value of physical activity. They should practice fitness while learning new movements and working to develop key social skills, including good sportsmanship. As physical education specialist Amy Kaiser explains, "There are skills to learn and games to play. Nothing can be accomplished unless the child feels safe enough to try something new."Children should learn the importance of teamwork, as well. "Good sportsmanship in kindergarten is as simple and important as taking turns and recognizing others during a game," says Kaiser. "Children at this age learn to work in pairs and small groups and can learn to appreciate others," she adds
Maktabgacha ta'Iim muassasasida bolalar jismoniy faoliyat haqida tasavvurga ega bo'lishadi. Bolalarga amaliy jismoniy mashqlar asosiy ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun yangi sport va harakatlarni o'rgatish kerak. Jismoniy ta’lim mutaxassisi Amy Kaiser shunday deydi: "Talim olishning asosiy negizi bu o'yinlar o'ynashdir. Bola jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish Ijarayonida o'zini xavfsiz his qilmas ekan, u hech bir yangi ishni o'rganishga qo4l urmaydi” Bolalar, shuningdek, jamoaviy ishlashga o'rganishi kerak. Sportga ishqibozlik maktabgacha ta'limda oddiy bir ofyin ichida ham zarur bo'lgan eng asosiy negiz hisoblanadi deydi Amy Kaiser. Bolalar ushbu yoshida juft va kichik guruhlarga bo'linib o'ynashni va boshqalarni baholay olishni o'rganadi deb qo'shimcha qiladi Kaiser.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash mazmuni va vazifalari

Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar maj- mui o'rganadL ularningasosini I.M.Sechenov, l.P.Pavlovva ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yax- litligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasin- ing tartibga soluvchilik roli haqidagi ta'limoti tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagi- lar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:


Sog'lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog'lig'ini mustah- kamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg'un rivoj- lantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta'sirlarga chi- damliligini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta’minlash.
Ta'limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga xos bo'lgan o'ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o'zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta'limiy vazifalarni amal- ga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalashjni o'stirish, to'g'ri qaddi - qomat, gigiye- na ko'nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilim- larni o'zlashtirish.
Boladagi harakat ko'nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egal­lash bilan bog'liq bo'lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o'tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o'yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishini (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o'ngga, chapgaj, to'la ayla- nish, fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatili- shi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga qa- rash qoidasini bilishlari kerak.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolada ta- biat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga mu- habbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususi- yatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam], jamoada shug'ullanish malakasi, fizkul­tura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan ba-
jarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botir- lik, qat’iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarjni namoyish qilish uchun juda qulay sharoityaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazi- falarini hal etishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olina- di. Jadal o'sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola orga- nizmining o'ziga xos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi. Shuning uchun maktabgacha yosh­dagi bola juda nozik bo'ladi. Shu munosabat bilan quyidagi sog'lomlashtirish vazifalari birinchi o'ringa qo'yiladi:

  1. hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning tashqi muhit ta'siriga qarshiligini oshi- rish;

  2. organizmning barcha sistemalarini to'g'ri va o'z vaqtida rivojlantirish, ularning funksiona! imkoniyatlarini kengayti- rish, to'g'ri qaddi - qomatni uyg'un jismoniy rivojlantirish.

Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga qudratli rivojlanishni ta'minlovchi xususiyatlar ham xosdir. Bu barcha to'qimalarning juda egiluvchanligi, tez- korligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bo­la sharoitlarning o'zgarishiga, jismoniy zo'riqishga kattalar- ga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o'ziga tushunarli bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga idroki baland bo'ladi, bu esa bir qancha ta’limiy vazifalarni hal etish imkoni- ni beradi:



1) jismoniy mashqlar bilan
shug’ullanish va madaniy-
gigiycnik ko'nikmalarni
o'zlashtirish bilan bog’liq
dastlabki bilimlami
shakllantirish


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling