Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv.
Pedagoglar ayni paytda ijobiy o‘zgarishlar darajasini belgilayotganda va navbatdagi qadamlarni rejalashtirilayotganda dasturning maqsadini hayoldan chiqarmaydi;
Maqsadlarga qay darajada erishish mumkinligi bolaning individual rivojlanishining avvalgi tajribasi,bilimi va ko‘nikmalari hamda ta’lim qanday sharoitda olib borilayotganligiga ham bog‘liqdir.
Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
Pedagog har kuni ko‘plab qarorlar qabul qiladi, bu bevosita ta’lim-tarbiyaviy jarayonga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa qarorlar – bu pedagog tomonidan o‘qitish muhiti, materiallarni joylashtirish, bolalarni kichik guruhlarga ajratishga doir qarorlar;
Har bir vaziyatda qabul qilinayotgan qaror jiddiy o‘rganish va rejalashtirish natijasi bo‘lishi shart.
Pedagoglar tomonidan ma’lumot asosida qaror qabul qilish – bu qabul qilinayotgan kata va kichik qarorlarning barchasi pedagogningkuzatuvlari asosida qabul qilinishi lozim (bolalarni kuzatish va ularning ota- onalari bilan suhbat natijasida tarbiyachi har bir bolaning kuchi va zaif tomoni hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi).
Bolaga ta’lim berish bo‘yicha quyidagi uch omil mavjud:
Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo‘lgan bilimlarni e’tiborga olish;
Har bir bolaning shaxsiga oid ma’lumotlarni e’tiborga olish;
Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olish.
Bolaning uydagi va o‘zini jamoadagi hayotini takomillashtirishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, hatti-harakat va xususiyatlarini o‘rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam beradigan ta’lim muhiti va mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |