1-sinif o’quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi.
Shaxsiy ko’rsatkichlari.
-kompetentlik-bolaning ma’lumotliligi va olingan bilim ko’nikmalarini xayotda, ayniqsa o’z qarorlarini qabul qilishda foydalana olish ;
-Ijodiy qobiliyatlar-bolaning atrof muxitga boshqa kishilarga xamda o’zgarishlar va kashfiyotlar ob’yekt va sub’yekt sifatida o’ziga munosabati ;
-Qiziquvchanlik-xayotdagi turli masalalarga qiziqish ,yangi narsalarni o’rganish istagi ,izlanishga qiziqish ;
-Tashabbuskorlik-mustaqillik, faoliyatni erkin tanlash , o’z kuchiga ishonish , boshqalarning fikri va baxosiga tolerantlik ;
Ijtimoiy ko’nikmalari :
-Kommunakativlik-o’zining “Men”ga ega bo’lish ,o’ziga va atrofdagilarga ishonch , ximoyalanganlik xissi,shaxs sifatida muloqot yurita olish ga tayyor bo’lish ,atrof – muxitga ijobiy munosabat , boshqalarni eshitish va tinglay olish ;
-Ijtimoiylashuv-individning jamoa yoki jamoyatga kirishi;
-Ma’suliyat- boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish , tegishli xarakatlarni muvaffiqiyatli bajarish ,o’z yutuqlarini tan olish ,maqsad qo’yish va unga intilish ;
Emotsional-irodaviy tayyorgarlik;
-O’z xatti-xarakatlarini boshqara olish;
-“zarur” ni , “xoxlamayman”dan ustun qo’yish ;
- u qadar qiziq bo’lmagan ,ammo juda kerakli vazifani bajarishga diqqat-e’tiborni jalb eta olish ;
-toqatlilik va tirishqoqlik;
Psixik jarayonlarning (idrok,tafakkur,nutq,xotira,tasavvur) etarli darajada rivojlanganlilik;
-diqqatning barqarorlilgi;
-rivojlangan nutq;
-xulosa chiqara olish;
-varaqda va fazoda mo’ljal ola bilish ;
-kuzatuvchanlik;
-xayol sura olish ;
Pedogogik ko’nikmalarning shakllanganligi.
-ruchka va qalamni ushlab olish ;
-eshitish orqali tovushlarni farqlay olish;
-muayyan bilim zaxirasining mavjudligi;
-xisoblash ,yozish va o’qishning eng oddiy ko’nikmalariga ega bo’lish;
-o’z-o’ziga xurmat ko’rsatish ko’nikmalariga ega bo’lish ;
Do'stlaringiz bilan baham: |