F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi: bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish; ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash; bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi: bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash; bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish; bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash; bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish; ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o‘qishga tayyorlashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bogliqlikda olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega»1 degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan, 45-modsasida voyaga etma- ganlar davlat himoyasida ekani2, 64-moddasida esa «Ona- lik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi»3, deb qayd etilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasi ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi. Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu — davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa bo‘lib, unda maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling