F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo‘yiladigan talablar


Download 1.35 Mb.
bet199/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va
unga qo‘yiladigan talablar.


Nazorat qilishning asosiy maqsadi - «Xalq ta’limi to‘g‘risida»gi qonun asoslarida, maktabgacha ta’lim ishlarini takomillashtirish, ilmiy fan yutuqlariga suyangan holda zamon talablari darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etishdir».

Nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagicha:
Maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishda eng yaxshi shakllarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish;

  1. Maktabgacha ta’limni boshqarish darajasini o‘stirish;


  2. Maktabgacha ta’lim dasturi tinglovchilarini amalga oshirish asosida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o‘tqazish;


  3. Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini maqsadga muvofiq tekshirish;


  4. Ularning ishidagi kamchiliklarni yo‘qotish choralarini ishlab chiqish va ularga amaliy yordam berish;


  5. Ishdagi ijobiy tomonlarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish, rag‘batlantirish;


  6. Rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o‘stirishda nazorat ishlarini tashkil etish;


  7. Maktabgacha ta’lim xodimlariga ta’lim-tarbiya ishini yanada rivojlantirishda metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.


Xalq ta’limi Vazirligining Maktabgacha ta’lim boshqarmasi o‘z qaramog‘idagi avtonom, viloyat va ularning joylaridagi bo‘limlarini, pedagogik bilim yurtlarini, maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish huquqiga egadir.


Xalq ta’limi bo‘limlari va maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish ilmiylik, hayot bilan bog‘liq tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda uning bajarilishini doimo tekshirib turish bilan yakunlanadi.

Nazorat qilishning samaradorligiga erishishning muhim tinglovchilaridan:


a) Tekshirishning rejali bo‘lishi va tizimililigi.
b) Ish axvolini taxlil qilishning har tomonlama va ilmiy-pedagogik chuqurliligi.
v) Ishlarga baho berishning xolisligi va xulosalarning isbotlanganligi.
g) Tekshirishni o‘z vaqtida boshlash va tugatish.
d) Takliflarning bajarilishini nazorat qilish.
e)Nazoratni yordam berish bilan qo‘shib olib borish.
y) Har qaysi masalaga alohida yondashish (farq qilmoq).
j) Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo‘shib olib borish.
Tekshiruvchi shaxs shuni unutmasligi kerakki, tekshiruvchi - nazoratchi-uslubchiman deb mag‘rurmasligi, tekshiruvchi - rahbar xodimlarga qo‘pol, qattiqqo‘l muomalada bo‘lib, uning shaxsiyatiga tegmasligi; tekshirish natijasida topilgan kamchiliklarni hamkorlik tamoyilida hal etish; eng muhimi, mehnat jamoalarida ish olib boradigan xalq nazoratchi-uslubchilarining keng tarmog‘iga tayanadigan bunday nazorat tizimi jamiyatining salbiy Hodisalaridan musaffo qiladigan chinakam qudratli kuch bo‘lishini ta’minlaydi.
Nazorat qilishini tizimli o‘tqazish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari uchun nazoratchi-uslubchi tomonidan 5 yilga mo‘ljallangan istiqbol reja tuzilib, shahar yoki tuman xalq ta’limi mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tekshirish muddati aniq ko‘rsatiladi.
Asosan, nazorat qilishda turli, maxsus ahamiyatga molik bo‘lgan muassasalar (aqliy jihatdan, jismoniy jihatdan zaif, kamchiligi bo‘lgan, nutqida kamchiligi bo‘lgan, logopedik), sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tekshirilib, nazorat qilish maqsadi shu turiga qarab belgilanadi.
Nazorat qilish muddati muassasadagi guruhlarning soniga va tekshirish turiga qarab 10 kundan oshmasligi kerak.
Shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarini nazorat qilish 5 yilda bir marta o‘tqaziladi. Nazorat qilish ishiga eng ilg‘or tajribali, o‘z ishini ustasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlaridan iborat bo‘lgan guruhi tuzilib, bunda mudiralar, uslubchilar, tarbiyachilar, tibbiy yordam tibbiyot hamshiralari, metodik kabinet xodimlari, malaka oshirish instituta xodimlari, jamoatchi nazoratchi-uslubchilardan tashkil topadi. Nazorat qilish guruhi tarkibini, uning rejasi, muddatini tegishli xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan tasdiqdanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling