F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha ta’lim muassasasi nazoratchi-uslubchisining vazifalari, huquqlari va unga qo‘yilgan talablar


Download 1.35 Mb.
bet195/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’lim muassasasi nazoratchi-uslubchisining vazifalari, huquqlari va unga qo‘yilgan talablar
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qilish Xalq ta’limi bo‘limi maktabgacha ta’lim nazoratchii – nazoratchi-uslubchiga yuklatiladi.
Nazoratchi-uslubchi – bu ma’lum sohaga tegishli qonun-qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi nazoratchi-uslubchisining ishi murakkab va ko‘p qirralidir. Nazoratchi-uslubchi o‘zishida Davlatimizning Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha chiqarilgan qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Xalq ta’limi bo‘limi nazoratchi-uslubchisi (tuman, shahar):
Turli tildagi, idora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar «Bolajon» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini har tomonlama nazorat qiladi;
Qonun doirasida yo‘l-yo‘riq, buyruq, tavsiya, ko‘rsatmalap beradi;
Qonunga xilof ishlarni to‘xtatadi va Xalq ta’limi bo‘limiga xabar beradi;
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishlarni yaxshilash bo‘yicha taklif, mulohazalar beradi;
Xalq ta’limi bo‘limida mudira, uslubchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini Attestatsiyadan o‘tqazadi;
Xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash, ishdan bo‘shatish masalalariga rahbarlik qiladi;
Shahar, tuman nazoratchi-uslubchisi - Xalq deputatlari ijroiya qo‘mitalari oldiga. Xalq ta’limi bo‘limi va Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha masalalarni qo‘yadi.

  • Nazoratchi-uslubchiga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-uslubchisi lavozimiga) qo‘yiladigan asosiy talablar:


  • eng ilg‘or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, maktabgacha ta’lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma’lumotga, ish stajiga ega bo‘lgan;


  • har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta’lim to‘g‘risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-uslubchi-mutaxasislik malakalariga ega bo‘lgan;


  • Tamoyilial, xolis, vijdonli, davlat nuqtai nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o‘z so‘zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lgan;


  • Maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o‘z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo‘lgan;


  • maktabgacha ta’lim muassasasi ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;


  • Xalq ta’limi bo‘limi va Maktabgacha ta’lim muassasasiga doimiy amaliy yordam berish;


  • Yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg‘or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;


  • g‘oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.


Nazoratchi-uslubchi 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshiradi.


Nazoratchi-uslubchi tumanda maktabgacha ta’lim ishining tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-uslubchi, davlat nazoratchi-uslubchisi. U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy mustahkam bo‘lishi, ishiga davlat nazaridan yondoshishi, maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik masalalarini operativ xal qilishi, ular ishini ob’ektiv va alohida-alohida baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam ko‘rsatish bilan olib borgan xolda, kishilar bilan ishlay bilishi, pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishining hamma bo‘limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchi-uslubchi o‘z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka suyanish lozim.
Nazoratchi-uslubchi aholining maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan talabini qondirishga alohida e’tibor beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini tuzishda ishtiroq etadi va yangi muassasalarini foydalanishga topshirishilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchi-uslubchi Maktabgacha ta’lim muassasalarining rentabel ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo‘jalik rejalarini bajarishini qatiy kontrol qiladi, qishloqda maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishiga katta e’tibor beradi, ular moddiy bazasini yaxshilanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
Nazoratchi-uslubchi moliya masalalarini tushinishi, maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me’yortiv hujjatlarni bilishi, muassasani saqlash uchun ajratilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida berilishi va to‘g‘ri sarflanishini muntazam tekshirib turish, markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlash kerak.
Nazoratchi-uslubchi maktabgacha ta’lim muassasiga borganida metodik, tarbiyaviy va ma’muriy-xo‘jalik ishlarini ahvolini o‘rganadi, ilg‘or tajribani, ishdagi kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko‘rsatadi.
U «Bolajon» davlat Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va ularning joylashtirilishini o‘rganadi, ularni malakasini oshirishga qaratilgan tadbir belgilaydi.
Ota-onalar ko‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish va aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish ishlarini gashkil qilish nazoratchi ishida muhim rol o‘ynaydi, u bu ishning mazmunini va shakllarini tuman sharoitiga muvofiq ravishda belgilaydi.
Xalq ta’limi bo‘limlariga to‘liq, rahbarlik xalq ta’limi bo‘limi mudiri, nazoratchi, uslubchi tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi.
Rejaning kirish qismida avvalgi o‘tgan o‘quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta’lim muassasalari qurildi, metodikishlar qay darajada olib borildi, ilg‘or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo‘jalik ishlari, Tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi.
Tadbirlar:
Tuman qaramog‘idagi maktabgacha ta’lim muassasalarini komplektlash qoidalari, bir qancha maktabgacha ta’lim muassasasini nazoratga olish, ota-onalar tomonidan qarzlarni bajarilishini, pedagog xodimlarning ishlash, malakalarini oshirish ishlari va boshqa ishlar rejalashtiriladi.
Tuman kengashida ko‘riladigan masalalar:
Frontal-yalpi tekshirish - Yalpi tekshirish.
Tematik nazorat - Tanlangan mavzu bo‘yicha.
Yozgi sog‘lomlashtirish ishlari.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik.
Xalq ta’limi bo‘limi va tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlarining birgalikdagi kengashlari.
a) Bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish, kasallikni oldin olish ishlari va javobgar shaxslarning familiyalari.
Pedagogik kengashlar.
Maktabgacha ta’lim bo‘limining yangi o‘quv yili rejasi bilan tanishtirish. Birinchi yarim o‘quv yilidagi metodik birlashmalar ishining hisoboti.
Yosh tarbiyachilar to‘garagi va ota-onalar universitetining ish hisoboti.
Bolalar ovqatini tashkil etishda SES xodimlarining tekshiruv natijalari.
Seminar- mashg‘ulotlar.Maktabgacha ta’lim muassasasining ishida «Metodik kabinet» roli haqida. Bolalarni jismoniy jihatdan o‘stirishda maktabgacha ta’lim muassasasining roli haqida. Ilk yosh guruhlarida metodik ishlarni tashkil qilish yo‘llari, rahbarlik har oy reja asosida o‘tqazilib turiladi.
Ishlab chiqarish majlislari. Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlarga yordam ko‘rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug‘ sanalariga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko‘riladi.
Metodik ishlar. Metod birlashma ishida faol qatnashish (yil davomida). Metod birlashma rahbarlarining hisobotlarini tinglash.
Hamma bo‘limlar bo‘yicha metodik ishlarni sifatini oshirish.
Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish.
Ishlash malakalarini oshirish.Malaka oshirish kurslariga yuborish.
Har bir muassasa xodimlarining pasport, kartochkalarini tashkil qilish. Metod birlashma rahbarlariga tizimili yordam ko‘rsatish. Yosh mutaxasislar bilan ishlash.
- Yosh tarbiyachilar to‘garagini tashkil qilish.
- Jamoat faoli bilan ishlash.
- Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash.
Maslahtlar (turli xildagi savollar bo‘yicha) har shanba kunida.
Reja shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi.
Har kvartalda bir marotaba Xalq ta’limi bo‘limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta’limni yanada o‘stirish, ish sifatini yaxshilash, ma’lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg‘or pedagoglar mahoratini so‘zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, konunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik, kasalliklarni bartarasf qilish ishlari ko‘riladi.
Kengashga xalq maorifi bo‘limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qapop qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi.
Kengashda nazoratchi, uslubchi, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtiroq ztadilar. Ular ham o‘zlarining fikr mulohazalarini o‘rtoqlashadilar.
Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va uslubchi so‘zga chiqdilar.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling