F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet193/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

FSMU texnologiyasi


SAVOL


O‘zbekistonda Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


(F) Fikringizni bayon eting





(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating





(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring





(U) Fikringizni umumlashtiring





O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining asosiy vazifalari - vatanimizda pedagogika fanining taraqqiyoti ustidan rahbarligi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi tegishli bo‘limlari maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadilar.
Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi tegishli bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga ikki tomonlama buysunadilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi xalq Kengashining vazifasiga kiradi.
Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi kengashi a’zolari turli xildagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlanishini ta’minlaydi. U maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, kadrlar tanlash ishlariga ko‘mak beradi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yadi, metodik materiallar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alohida olingan Maktabgacha ta’lim muassasasining ishidagi kollegional, demokratiya usullariga yordam berish va qo‘llash, uning mustaqilligini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasasining jamoatchilik asosida ish olib boradi va kengashida ko‘riladi.
Kengash xomiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va manfaatdor bo‘lgan ishchilardan, ota-onalar jamoatchiligidan, maktab vakillaridan, maktabgacha ta’lim xodimlaridan, tibbiy yordam hizmatchilaridan, maxala qo‘mitasidan vakillar iborat bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim mudirasi tegishli tuman xalq ta’limi idorasi tomonidan tayinlanadi
Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlovchi asosiy manba – davlat mablag‘i bo‘lmog‘i kerak.
Xalq ta’limi bo‘limi - bu maktab, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab internatlar va litsey-kollejlarga rahbarlik qiluvchi yuqori organ bo‘lib hisoblanadi.
Xalq ta’limi bo‘limi quyidagi qismlariga bo‘linadi.
-Maktabgacha ta’lim.
-umumiy o’rta ta’lim.
-maktabdan tashqari ishlar.
Har bir yo‘nalishning vazir o‘rinbosari, boshqarmasi va bo‘linmalari, mavjud. Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi o‘z faoliyatida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim ravnaqi, uning rivojiga rahbarlik qiladi va uni ishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi bevosita Qoraqalpogiston AR ishlariga yordam beradi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ko‘rsatma, yo‘llanmalarga asoslangan xolda ish yuritib, maktabgacha ta’lim, umumiy, maxsus, o‘rta va oliy pedagogika ta’limi, respublikada pedagogika fanining taraqqiyoti ustidan rahbarlik qiladi va ularning ish rejalarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikami Xalq ta’limi vazirligi ishining mazmuni quyidagilardan iborat:
Muvofiqlashtirish, ya’ni aniq bir yunalishda bir nuqtada rahbarlik.
Tashkilotchilik qilish.
Nazorat.
Ilmiy tadqiqot ishlari ustidan rahbarlik va nazorat.
Pedagogika institutlari ustidan rahbarlik va nazorat (barcha viloyatlarda mavjud bo‘lgan instigutlar).
Maktab va maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ishlar.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling