Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda:
a) mudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Mudira o‘z vazifasida turli yosh guruhlarning hamma rolini, jarayonlari bilan asosida kuzatishi, taxlil qilishi kerak.
Nazoratchi-uslubchi huddi shu ishni sifatini, amalga oshirish yo‘llarini tekshiradi.
b) Sharoitni yaratilganligi; v) tekshirilgan mavzu bo‘yicha Pedagogik kengashda birgalikdagi muxokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo‘ljalarini o‘stiruvchi vositalar; Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o‘zi bilan muhokama qilinadi, keyin Pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochikchasiga, oshkora holda chaqiriladi.
Kerakli yo‘llanma, metodik yordam o‘z vaqtida ko‘rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana qkuyidagi tekshirish turlari mavjud: 1) birlamchi; 2) ikkilamchi; 3) katta tekshiruv; 4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tekshirish yakuni bo‘yicha AKT tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo‘yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o‘rganib, muassasa faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 3 nusxada tuziladi: birinchisi Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga, ikkinchisi bolalar muassasiga; uchinchisi esa tekshiruvchida qoladi.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayorgarlik.
Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko‘nikma va malakasi.
Qo‘llanilayotgan usul va usublar.
Yutug‘i.
Kamchiligi.
Taklif va mulohazalar.
Tayanch tushunchalar:
Patronaj – bolalar sog‘lig‘ini doimiy ravishda kuzatib boruvchi hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |