F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish


Download 1.35 Mb.
bet211/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va
unga rahbarlik qilish

  1. Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta’limning bir necha yo‘nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.


  2. Metodika uyushmasiga har bir ta’lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug‘i bilan a’zo qilib olinadi.


  3. Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig‘ilishiga rahbarlik qiladi.


  4. Metodik uyushma raisi va uning a’zolari uyushma faoliyatlarini jamoatchilik asosida yuritadilar.


  5. Metodik uyushma faoliyatiga bog‘liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.


  6. Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


  7. Metodika uyushmasi yig‘ilishi har ikki oyda bir marta o‘tkazilishi va yig‘ilish ma’lum bir masalani muho- kama qilishi yoki o‘quv seminari tashkil qilishi mumkin.


  8. Metodika uyushmasi yig‘ilishlarida muhokama etil- gan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko‘chirma taqsim etilishi zarur.


  9. Yig‘ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hi- soboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil sakdanadi.




Metodika uyushmasi hujjatlari:
  • Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida fao- liyat yuritadi:


  • yillik ish rejasi;


  • yig‘ilish bayonnomalari;


  • hisobotlar;


  • metodika kengashiga taqsim etilgan va muhokama- dan o‘tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.


  • Metodika kengashiga xalq ta’limi boshqaruv organ- laridan yo‘llangan hujjatlar nusxasi.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling