B./ B./ B./ TEXNOLOGIYASI
Metodika kabineti xodimlari
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiga Malaka oshirish markazi direktori rahbarlik qiladi. U oliy pedagogik bilimga va tashkiliy-uslubiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan tajribaga ega bo‘lishi lozim. Uning zimmasiga kabinetning uslubiy, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat qonunchiligiga binoan xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi.
Metodik ishlar markaz direktori tavsiyasi bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadigan oliy pedagogik ma’lumot va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan malakali uslubchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslari
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Unga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag‘ ajratiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi oldida o‘z faoliyati bo‘yicha hisobot berib turadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabine- ti O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida ish yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |