F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


XXIV bob. MAKTABGACHA TA’LIM BO‘YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL QILISH VAZIFALARI, MAZMUNI VA SHAKLLARI


Download 1.35 Mb.
bet205/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

XXIV bob. MAKTABGACHA TA’LIM BO‘YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL QILISH VAZIFALARI, MAZMUNI VA SHAKLLARI
MAKTABGACHA TA’LIMGA USLUBIY RAHBARLIK
ISHINING TASHKILIY TUZILISHI VA VAZIFALARI

Respublikada maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti orqali amalga oshiriladi.
Metodika kabineti Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqdangan reja asosida ish yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha:
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman metodika kabineti faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga uslubiy yordam beradi.
Uning asosiy vazifalari: xalq ta’limi bo‘limlari qoshidagi metodika kabinetlari faoliyatini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta’limi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat.

RESPUBLIKAMAKTABGACHATA’LIM
METODIKASIKABINETI

Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo‘yicha etakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv- metodika markazi, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’- lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Bolajon» dasturini to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlari, na- zoratchi-uslubchi, mudiralar, uslubchilar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahpil etish asosida);
Maktabgacha pedagogikailg‘or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqpar, xalq pedagogikasi an’analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim- tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling