Dolzarb – dolzarb, muhim.
Istiqbol reja – maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini 1 yoki 3 oyga mo‘ljallangam ish rejasi.
Frontal-yalpi – muassasa ishini har tomonlama butunlay yalpi tekshiruv.
Tematik – tarbiya yoki bo‘limning ma’lum bir qismini tekshirish.
Hisobot – kundalik yozuv.
Nazorat uchun savollar:
Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
Nazorat qilishning maqsadi va vazifalarini izohlang.
Nazorat qilishda nazoratchi-uslubchining tayyorgarligi nimalardan iborat?
Nazorat qilishning usullarini izohlang.
Nazorat qilish bosqichlari qaysilar?
Frontal-yalpi tekshirish deganda nimani tushunasiz?
Qaysi muddatlarda va qay tarzda yalpi tekshirish o‘tqaziladi?
Tematik tekshiruvni izohlang.
AKT va unga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. Xalq ta’limi tizimi nazoratchi-uslubchisining boshqaruv tamoyillari qaysi bandda to‘g‘ri yoritilgan?
a) Hamkorlik, aniqlik, ish yuritishni boo‘qarish, nazorat qilish
b) Demokratik, liberal, avtoritar
v) Avtoritar, ishbilarmon, tadbirkor
g) Demokratik, yakkaboshchilik, aniqlilik, yangilikni his etish, xo‘jalikni boshqarish, tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, farq qilmoq
2. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha nazorat ishlarini tashkil etishning ahamiyati
a) Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy ishlarini samaradorligini oshiradi;
b) Metodik, ta’lim-tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish;
v) Maktabgacha ta’lim xodimlarining mutaxassislik malakasini o‘stirish;
g) Smeta bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ri sarflash.
3. Maktabgacha ta’lim tizimida nazorat turlarini aniqlang
a) Ogoxlantiruvchi, qayta-ikkilamchi, tematik, frontal-yalpi-yalpi, qiyosiy
b) Guruxlarga maqsadli kirish, ochiq mashg‘ulotlar tashkil etish
v) Kundalik nazorat, tematik nazorat, qiyosiy nazorat
g) Qiyosiy nazorat, ikkilamchi nazorat, yalpi-frontal-yalpi nazorat
4. Rahbar tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish yo‘llari bu…
a) Ochiq mashg‘ulotlar jamoa tarzda kuzatish va tahlil qilish, kundalik nazorat, ish rejalarni ko‘rib, tahlil qilish, baholash
b) Ochiq tadbirlar tashkil etish, metodik birlashma ishlariga qatnashish
v) Guruxlarga maqsadli kirish, mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilish
g) Ogohlantirish, suxbatlashish, davra suxbati
5. Monitoring tizimiga to‘g‘ri ta’rif qaysi bandda to‘g‘ri berilgan
a) Davlat va Vazirlar qarorida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib berish
b) Pedagogik ta’lim-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz kuzatib borish va taxlil qilish
v) Pedagogik faoliyat mazmunini uzluksiz kuzatib borish va rivojlantirishni oldindan bilishni ta’minlovchi pedagogik tizimdir
g) Ota-onalar bilan ish usullarni takomillashtirishga qaratgan ish usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |