Sensomotorikani rivojlantirish – bundabola o‘z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi.
Madaniy gigienikko‘nikmalarni rivojlantirish - bundabola o‘z sog‘lig‘ining muhofazasiga ta’sir etuvchi shaxsiy gigienik malakalarni egallaydi.
Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash- o‘zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan.
Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha ota-onalar bilan hamkorlik qilish, sog‘lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga tadbiq etish.
Ijtimoiy hissiy rivojlantirish yo‘nalishi. Bu jarayon ikki bosqichorqali amalga oshiriladi:
Ijtimoiy rivojlanish – bunda bola ijtimoiy muhit va atrofdagilar bilan hamkorlik qiladi, tanish va notanish kishilarni farqlashi, katta yoshdagilar va boshqa bolalar bilan muloqot qilish malakalarini qo‘llay olishi lozim.
Hissiy rivojlanish – bunda bolada o‘zini va o‘z hissiyotlarini anglash rivojlanadi, bola “men” konsepsiyasini, o‘zgalar va o‘z hislarini anglashi lozim.
Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik yo‘nalishi:
Nutq – bunda bola so‘zlashuv tiliga zarur darajada ta’sirlanadi, so‘zlarni tushuna boshlaydi va atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi, nutqni tinglashi va tushuna olishi, gapirishi va so‘zlasha olishi lozim;
O‘qish va savodga tayyorgarlik - bunda bola bosma materiallar, yozuv belgilari va harflarga qiziqish bildiradi, yozishga oid ko‘nikmalar hosil qiladi va rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |