Xissiy ifodalash- bolalarda o‘z tuyog‘ularini xissiy ifoda etish masalalari ham dasutrdan keng o‘rin egallaydi.
Bu bo‘linmada ham yosh guruxlari bo‘yicha bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma-malakalar me’erlari va xajmi o‘quv yili bo‘yicha aniq belgilab beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, bilim berish va ularni maktab ta’limiga tayyorlashdek asosiy vazifalarni amalga oshirishda “Nutq, o‘qitish va savodga tayyorgarlik yo‘nalishi” muhim ahamiyatga ega.
Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik bo‘limi:
Tovush madaniyatini shakllantirish, ya’ni ona tilidagi barcha
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish, fonetik idrokni o‘stirish, tovush guruhlarini to‘g‘ri talaffuz etish, va ularni farqlash, ovoz sifatlarini (baland, o‘rtacha, past, yo‘g‘on, ingichka, juda ingichka), ovoz sur’atini (tez, o‘rtacha, sekin), so‘zda tovush o‘rnini belgilash, bir bo‘g‘inli so‘zlardan va bo‘g‘indan tovushni ajiratib olish, so‘zdan tovushni ajiratish, unli va undosh tovush haqida tushuncha berish, ularni mashq qildirish vazifasi belgilangan.
bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish orqali lug‘atni boyitish, bolalar lug‘atini - Vatan, Vatanimiz ramzlari, Vatan himoyachilari va boshqa kasb egalaring mehnati bilan tanishtirish orqali, narsalarning o‘ziga xos muhim belgilari va rangi, odamlarning o‘z mehnatiga nisbatan munosabatini ifodalovchi nutq va so‘zlarni kiritish, xalq maqollari, masallari va topishmoqlarini davom ettirishga o‘rgatish.
Bolalar lug‘atini faollashtirish narsalarning nomlarini to‘g‘ri
aytishga,bir-biri bilan solishtirish orqali lug‘at boyligini oshirish, ona tiliga nisbatan muhabbat, to‘g‘ri gapirishga o‘rgatish.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish ot, sifat, fe’llarning
murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qildirish, o‘znutqida uyushiq bo‘lakli, sodda, yoyiq va qo‘shma gaplarning turli xillaridan foydalanish malakasini mustahkamlash, (bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap, qo‘shma gap, ko‘makchi va bog‘lovchi so‘zlardan, ravishdan foydalanish, so‘z yasashgato‘rgatish.
Bog‘lanishli nutqni shakllantirish, ijodiy hikoyalar tuzish, badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish
O‘qish va savodga tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |