F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
Badiiyadabiyot. Bolada badiiy so‘zga qiziqish va muhabbat tuyg‘usini, badiiy asarlardagi go‘zallikni his etish ko‘nikmasini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy kamolatiga alohida e’tibor qaratish; kitobxonlik savodini, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda davom etish.
Kesma bosma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qishga o‘rgatish, namunadan turli so‘zlarni olib yozish va chizishga, o‘z ismini mustaqil yozishga o‘rgatish masalalari yoritib berilgan. Bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning bir yillik me’erlari va talablari belgilangan. “Bolajon” tayanch dasturida tabiat va jamiyat haqida bilimlar: Ona Vatan va atrof-olam Buyuk siymolar Mashhur sarkardalar An’anaviy bayramlar Xalq amaliy san’ati Kattalar mehnati Transport va aloqa vositalari Buyumlar haqida Bola o‘z tanasining qismlarini bilishi kabi bo‘limlari mavjud bo‘lib, bunda O‘zbekiston, uning davlat ramzlari, o‘zi yashaydigan joy, madaniy yodgorliklar, Konstitutsiya saboqlarini o‘rganish, buyuk shaxslar haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishi, milliy bayramlarni bilish, xarbiy qo‘shinlar va ularning vazifalari, inson tana tuzilishi, tana a’zolaring vazifalari haqida bilim va malakalarni tarbiyalash belgilab berilgan. Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risidagi bilimlar: Bu bilim o‘z navbatida: Jonsiz tabiat O‘simliklar dunyosi Xayvonot dunyosi (uy va yovvoyi xayvonlar) Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonsiz tabiatdagi hodisalar, qor yog‘ishi, momaqaldiroq, do‘l yog‘ishi muz, tuman tushishi, suvning inson hayoti, yer kurrasi uchun zarurligi, uni isrof qilmaslik, asrash kerakligi, quyosh, bulut, moddalarning holatlari (suyuq holatdan qattiqa va qattiq holatdan suyuqqa o‘tishi) haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, o‘simliklar dunyosi, maxalliy-madaniy xona o‘simliklari, ularning tuzilishi, parvarishi, ularni ko‘paytirish, sabzavot va xo‘l mevalar, urug‘lardan o‘simliklarni o‘stirish, tabiatdagi fasllar o‘zgarishi haqida bilimlar mazmuni aks ettirilgan. Elementar matematikaga oid bilim va ko’nikmalar bo’linmasida son va sanoq; Kattalik; Geometrik shakllar; Tevarak atrofda mo’ljal olish; Vaqtni chamalash; Ko’rish,yasash haqida bilim berish yoritiladi. Bu bo’limda maktabgacha yoshdagi bolalarga to’g’ri va teskari sanash, sonlar haqida ma’lumot berish qo’shish va ayirish turli geometrik shakillar ,sutka qisimlari, xafta kunlarii,yil fasillarini nomini to’g’ri ayta olish, o’ngan,chap, yuqori past, o’rtasiga mo’ljalay olish, turli loyihalar tuzish bo’yicha bilimlar mazmuni yoritilgan. Shuningdek, bu bo’limda mashg’ulotlar jarajonidao’ynatiladiganta’limiy-didaktik o’yin va mashg’ulotlarning nomi keltirilgan. Tasviriy faoliyatga oid bilim va ko’nikmalar. Tasviriy olam o’z navbatda; Rasm (predmetlik va voqeaband ) xalq amaliy san’ati, bezakli san’at(kulolchilik, to’qimachilik, san’at asarlarini janr va turlariga qarab farqlash, narsalar xajmi va proportiyasini sezish va taqdim etish , oddiy va rangli bo’yoqda turli janrlarni chiza olish, xalq o’yinchoqlari, milliy chinni buyumlar va matolar, bolalar kiyimlarini aks ettirishga o’rgatish; Plastilin (loy)bilan ishlash – bolalarda narsalar yasashning konstruktiv,plastilik va kombinatsiyalangan usullaridan foydalanib turli narsalar yasash ko’nikmalarni mustahkamlash; Aplikatsiya – qog’ozni qirqib, tasvir xosil qilish ko’nikmalarni mustahkamlash, syujet kompozitsiya yaratish bo’yicha bilim berish, qirqishning turli usullari xaqida ko’nikmalarni takomilashtirish; Qurish –yasash-bolalarga qurilish- konstruksiyalarining loyihasini tuzish, amaliy jihatdan bajara olish, qog’ozdan, tabiiy va chiqindi materiallaridan konstruksiyalar xosil qilish( bola , jo’jalar, kuchukcha va qizcha), yangi dettalar va ularning xususiyatlari bn tanishtirish, turli shakl va hajimdagi yog’och tahta (uzun- qisqa,to’rtburchak,uchburchak,chor qirra brus)selindr yasashga o’rgatish yoritilgan. Shuningdek bu bo’limda badiy qo’l mehnati qog’oz, tabiiy materiallar(meva, urug’)va chiqindi materiallar ( g’altak, bo’sh quttilar, paralon, po’kak va boshqalar) dan foydalanib turli detallar vaboshqa narsalar yasashga o’rgatish ishlari aks ettiriladi. Musiqa tarbiyasi bo’limi ilk yoshdan boshlab amalga oshirib olib boriladi u quydagi: Musiqa tinglash; Musiqiy-ritmik xarakatlar; Qo’shiq aytish; Raqs;
Bolalar cho’g’u asbobida chalishi;
musiqiy ta’limiy o’yin; Bolalar bilan o’tkaziladigan bayram ertaliklarning mazmuni va mavzulari to’laqonli yoritib berilgan. Dasturda o’yin faoliyatiga keng o’rin berilib: Voqea band- ijroli o’yinlar; Xarakatli o’yinlar; Teatrlashtirilgan o’yinlar; Ta’limiy o’yinlarningmaktabgachayoshdagi bolalarning rivojlanishidagi ro’li mazmun jixatdan nazariy asoslarga tayangan holda yoritilgan. Bolajon dasturida ilk yosh guruhdan – to tayorlov guruhlarida o’tkaziladigan mashg’ulotlar taqvim rejasi to’rtta yo’nalish bo’yicha mashg’ulotlar mavzusi,oylar, I va II yarim yillik va yil davomidagi hajmi va me’yorlari, ta’limiy o’yin mashqlari (sensor tarbiya) ning mavzulari to’liq yoritilganligi dastur nufuzini oshiradi. Dastur mazmun-mohiyat jihatdan voqelikning barcha sohalariga oid zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalardan iborat. U maktabgacha yosgdagi bolalarga mo’ljallangan bilim va ko’nikmalarni tanlash prinsiplari asosida tuzilgan bo’lib har tomonlama uyg’un rivojlanishni, fan asoslari bo’yicha o’qitishga tayyorgalikni ta’minlaydi. Mazkur dastur uyishtirilgan o’quv jarayonida amalga oshiradi. Uning muvoffaqiyati maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv va pedagogik jarayonlarni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling