F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o‘z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug‘ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa 24tasi yetib kelgan.
Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur “Tib qonunlari” nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi.’’Agar duneda chang va g‘ubor bo‘lmasa insoniyat ming yil umr ko‘rardi’’ deb aytgan edi Olimning juda ko‘p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog‘lig‘ini saqlash haqidagi, parhez, gigena to‘g‘risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) faqat shoirona bo‘lmay, balki tabiatshunos ham bo‘lgan. Boburining eng yirik asari “Boburnoma” asarida shoirning ko‘rgan kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonot, o‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o‘ziga keragicha ma’lumot topadi. Asar muhim atamalar manbalarga boy. Unda yer, suv, havo turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi. Bobur har bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimga mansubligi, shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari, hayvonoti va aholisi haqida ma’lumotlar beriladi. Bobur ajayib botanik bo‘lgan. U o‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. Bobur o‘zi bo‘lgan joylarning tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini jonajon vatani Andijon bilan taqqoslaydi, u ayniqsa gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko‘paytirishga, ularning tarqalishiga e’tibor bergan. Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash Inson onadan tug‘ilib, olmaga kelgan chog‘idanoq tabiat ehsonidan bahramand bo‘ladi. Ilk bor havodan to‘yib nafas oladi. Odamzot o‘sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda zarur bo‘lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo bo‘lsa, odam ham sog‘lom, baquvvat o‘sadi. Odam har nafas olganda uning o‘pkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in’omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o‘pkada gaz almashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu insonning sog‘lig‘ini bora-bora izdan chiqarib, turli-tuman xastaliklarni vujudga keltiradi. Tabiat shunday odil mo‘jizaki, atprof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o‘simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o‘simliklar dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson o‘z atrofini o‘rab turgan iabiatni, uning o‘simliklar dunyosini ko‘z qorachig‘iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo‘lidan kelganicha ko‘proq daraxt ekishi, ko‘kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog‘-rog‘ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo‘ladi, deb bejiz aytishmagan. Muhammad allayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: “Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo‘ying”. Inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun zarur bo‘lgan dori darmonlar ham ona-tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo‘lmagaday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab yo‘q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo‘ldi va bo‘lmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo‘lsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o‘z qo‘lidadir. Abu Ali i ibn Sino “Dunyoda chang va tutun bo‘lmaganida, odamzot ming yil umr ko‘rishi mumkin edi” - degan edi. Atrof – muhitning tozaligini ta’minlash o‘zimizga bog‘liq, biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo‘lish uchun shahrimizga ko‘chat ekib, ko‘kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak, o‘zimizning sog‘lig‘imizni saqlagan bo‘lamiz. Bahor faslida ko‘chat ekish oyligi o‘tkaziladi. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o‘stirish har bir o‘quvchi va kattalarning insoniy burchidir. O‘zbek halqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shishi odatlari bor. Inson tabiatdagi har bir giyoh, o‘t-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni, olamda nimaiki kerakli bor narsani zarur deb biladi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so‘lim daraxtzorlarni, qoya-g‘orlarni, hosiyatli o‘t-o‘lanlarni, gul-giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoq osti qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar. Avvalo har bir inson yer yuzidagi o‘simliklarni ko‘paytirishga hissa qo‘shishi, kamaytirishdan o‘zini tiyishi lozim. O‘simliklarni ko‘paytirishning birdan bir yo‘li – mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko‘proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog‘-rog‘lar yaratish har bir inson uchun hayrli ish bo‘lishi birlan birga, savobli ish hamdir. Halqimiz bog‘ yaratgan odamlarni hech qachon eslaridan chiqarmaydi. Go‘zal bog‘lar yaratish yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi odatlarmizdan biri bo‘lib kelgan. Yaqin va O‘rta Sharq halqlarining qimmatli va nodir yozma yodgorliklardan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinish bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O‘rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma’lumotlar ham keltirilgan . Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog‘-rog‘lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqandu Buxoroni, Ko‘hna Urganch, Xivani bezab, Yer yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir obidalar bobokalonlarimiz ae-yurt obodonchiligiga alohida e’tibor qilganliklaridan dalolat beradi. “Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo etilgan “Bog‘i shamol”, “Bog‘i dilkusho”, “Shahrisabz qo‘rg‘oni” va Oqsaroy kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi. Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o‘tmish ajdodlarimizdan bizgacha urf-odat bo‘lib yetib kelgan obodonchilik ishlaridan hozirgi yoshlarni xabardor etish ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o‘g‘il-qizlar, oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo‘lib yetishsinlar. |
Children’s appreciation for nature develops at a young age, so begin environmental education for kids as early as possible. They watch and imitate the attitudes and actions of the adults around them towards living things. Whether it’s a jar of warms a few snails, butterfly eggs, tadpoles or sow bugs, young children’s eyes light up when you bring living things into the classroom. Kids need to learn about nature through read interactions with it not from filling out stacks of worksheets about nature. Once children hhhave had opportunities to investigate what you bring, they’re motivated to ask questions to take their ideas where they want and or are motivated to complete projects designed to share their new knowledge. Bolalarning tabiatga mehri yoshligidan rivojlanadi shunday qilib ularning atrof muhit haqida bilimlari imkon boricha erta boshlash kerak. Ular uz atrofidagi hatti harakatlarni kuzatishadi va ularga taqlid qilishadi. U qurtl ovozi boladimi,chiganoq,kapalak qurti,qurbaqa bolasi yoki kana agar uni sinfhonaga olib kirsangiz albatta bolalarning kozlari kattaochilib qarashadi. Bolalar albatta haqiqiy jonivorlarni korib urganishi lozim faqat qogozdagina emas. Agar bolada siz nima olib kelganingizni surashga imkoniyat bolsa ular sizga savol bilan murojat qilishni boshlashadi,bu esa ularga uzlarini fikrlarini bayon etishga va ularni boshqalar bilan bolishishga olib keladi. Kindergardenslessons.com Mike Adams Copyright 2014 |
Ekskursiya. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko‘rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshidagi bolalarda tabiat, undagi bog‘liqlik va uning qonuniyatlari to‘g‘risida realistik tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o‘rganiladigan tabiiy fanlarni o‘zlashtirib olishni osonlashtiradi. Tabiat to‘g‘risidagi bilimlardan bexabar bo‘lish ko‘pincha o‘simlik va hayvonlarga nisbatan noto‘g‘ri, ba’zi hollarda esa berahm va shafqatsiz munosabatda bo‘lishga olib keladi. Ekskursiya bolalarni tabiatni o‘ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o‘zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boriladi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini tarbiyalaydi va unda qatnashish xoxishini uyg‘otadi, o‘z o‘lka tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g‘ururlanish hissini mustahkamlaydi.
Yuqoridagi tilga olingan barcha metodlar va usullar bolalarda tabiatga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, ularni yanada sinchkovlik bilan kuzatishga, kuzatayotgan narsa ustida chuqurroq o‘ylashga, fikr, bilim doirasini kengaytirishga, har xil tabiiy voqea, hodisalarni so‘z bilan chiroyli qilib to‘g‘ri ifodalab berishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling