F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
SEMINAR, SEMINAR MASHG‘ULOTLARI
Maktabgacha ta’lim xodimlarining ishlash malakala- rini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir. Seminarlarda maktabgacha ta’lim muassasalari fao- liyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Xalqta’limi boshqarmalari (bo‘lim- lari) tomonidan belgilanadi. Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazi- falari, mavzular tematikasi aniqdanadi va bibliogra- fiya tuziladi. Ma’ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsim- lab beriladi, har bir ma’ruzachi belgilangan mavzusi bo‘yicha o‘z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy ji- hatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur. Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tan- lash mumkin: mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi; o‘yin faoliyatiga rahbarligi. Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuv- chilarni qo‘shiq san’atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo‘shiq- larni kuylashga o‘rgatish kabi mavzularda seminarlar tash- kil etilishi mumkin.Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo‘yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ular- ning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir. Seminar o‘quv mashg‘ulotlar rejasi bir yilga mo‘ljal- langan bo‘lib, viloyat va respublika miqyosida 5—12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarlari esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi. Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadi- da tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ish- lab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashgulot- lari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tas- diqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritila- di. SHu asosda barcha uslubchi-tarbiyachilarning faol ish- tirokida seminar mashg‘ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi. ^ Seminar mashg‘ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faol- ligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tash- qari, mashg‘ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama eti- layotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda bayon etilishi kerak. Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: yasli va bog‘cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xu- susiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi); turli faoliyat turlarida bolalarga individual yonda- pgish usullari; maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvar- lik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari; tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari va hokazo. Ma’ruzalar Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g‘oya- viy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o‘stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy mavzular bo‘yicha o‘jazili- shi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muas- sasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytira- di, siyosiy va ma’naviy jihatdan etuk bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma’ruzalar yuksak il- miy-g‘oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda o‘tkazilishi talab etiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling