F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalargahuquqiy tarbiya berishni tashkil etishda“Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” dan foydalanishning ahamiyati


Download 1.35 Mb.
bet87/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalargahuquqiy tarbiya berishni tashkil etishda“Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” dan foydalanishning ahamiyati.
Bizning davlatimiz o‘z farzandlarini mas’uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo‘lib o‘sishlari va ularni jamiyat tarqqiyotiga o‘z ulushlarini qo‘shishlariga katta umid bog‘lagan. O‘zini shaxs sifatida to‘liq anglash, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o‘z xaq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholay olish, o‘zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o‘z qadr-qimmatini bilish, o‘z madaniy an’analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g‘urur, hurmat, qiziqish tuyg‘ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongini shakllantirib boriladi.
Ma’lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlaryoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg‘ayib boorish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo‘lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari 13mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari lozim.
“Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya” ni o‘rganish – aynan mana shu masalani hal hal etishdagi eng muhim va to‘g‘ri qadam hisoblanadi.
Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” – bu butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Bilashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir.


Konvensiya – bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi.

Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:



  1. Download 1.35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling