Massajga moneliklar:
– teri qoplamlarining o‘tkir yallig‘lanishlari va teri toshmali,
yuqumli kasalliklari;
– teri yaralari va yiringli kasalliklari;
– teri kapillyarlari nozikligi va qon ivishi buzilgan holatlari;
– o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi va surunkali qon tomir
yetishmovchiligi;
– operatsiyalardan so‘nggi holatlarda;
– ba’zi endokrin kasalliklarda;
– tana harorati ko‘tarilgan holatlarda;
– allergik holatlar va toshmalarda.
11.3. Massaj turlari va usullari
Massajning asosiy qo‘llaniladigan turlari: gigiyenik massaj,
kosmetik massaj, davolash massaji va sport massaji.
Gigiyenik massaj organizmning umumiy faolligini oshirish,
salomatlikni mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi.
Davolash massaji turli xil shikastlar va kasalliklarda keng
qo‘llaniladi.
Kosmetik massaj sog‘lom terini parvarishlash uchun qo‘llaniladi.
Sport massaji organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va
sportchida charchash alomatlarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |