F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet9/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

Uchinchi koida:
Lug‘atdan foydalanishni keskin kamaytiring.
Hadeb lug‘at titaverish nodonlik va o‘ziga zulmdan boshqa narsa emas. Bu sizni asosiy mashg‘ulot - o‘qishdan chalg‘itadi. Bir so‘zni topish uchun lug‘atning kerakli sahifasini ochasiz, so‘zni qidirasiz, ro‘yxatdan so‘zning shu matndagi ma'nosini topasiz va hokazo. Bir so‘zni deb bir necha daqiqa yo‘qotildi. Siz yana hayron bo‘lyapsiz, albatta. Agar shunday kilmasam, tushunarsiz so‘zlarning ma'nosini qanday bilib olaman, deyapsiz-a? Namuncha hayron bo‘laverasiz? Men axir sizga risolamning boshidayoq «bu kitobda syurprizlar ko‘p» demaganmidim. O‘qiganlaringizni shunchalik tez unutasizmi?
Mening sershubha o‘quvchim, qadrdonim! Sizga shu bir nechta tushunarsiz so‘zlarning ma'nosini bilish nega shunchalik muhim? Axir biz asar o‘qiyapmizku. Maqsadimiz so‘zlarning ma'nosini va qo‘llanishini matn orqali tushunishku. Tushunmay qolgan o‘sha la'nati so‘zingizni o‘z holiga tashlab, o‘qishda davom etavering. Ana, yana shubhaga bota boshladingiz. So‘zlarimning to‘g‘riligiga o‘zingizni ishontirolmayapsiz. Miyangizda turli fikrlar urush boshlaydi endi. Essiz miya... .
O‘zim ham bir paytlar jingalak sochli boshimni bekorchi narsalar bilan ko‘p qiynaganman.
Qani keling, bir necha matnlarni, ya'ni asarlarning ayrim qismlarini tahlil qilib ko‘raylik.
«Poluekt Kuzьmich Fandorin ... buta ortiga yashirindi». Butadan oldingi so‘zning ma'nosini tushunmay qoldingiz va to‘xtadingiz. Ehtimol u katta butadir yoki ho‘l butadir. Qalin butadir, baobab butasidir yoki choy butasidir. Nima farqi bor? Shu butani deb chalg‘ishga moyil miyaga yana yengilib o‘tiribsiz. Lug‘at titishga shoshilmay, o‘qishda davom etaverganingizda, shu so‘z boshqa bir joyda o‘z ma'nosini o‘zi ochib berardi. Mana endi diqkatni qayta jamlash uchun ancha ovora bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Yana bir misol ko‘raylik.
«Poluekt Kuzьmich qattiq g‘azablanib, o‘sha pastkash zolimning ustiga ...» Nima qildi ekan? Tushunmadingiz. Xo‘sh aytingchi, sizga Kuzьmichning dushmani ustiga o‘kday otilgani muhimmi yoki sherday o‘kirib tashlanganimi? Extimol sakragandir. Matndan ko‘rinib turibdiki, tushunmayotgan so‘zingiz - fe'l turkumiga mansub. Bajarilgan ish-harakatni bildiryapti. Siz hozircha shu bilan kifoyalanib turing.
Kuzьmichni tinch qo‘yaylikda, Garri Potterga nazar tashlaylik.
«Potter zolim lord Kozьermordtning iziga tushdi va sehrli tayoqchasini ko‘tarib olgancha ... gullari qoplagan so‘qmoqdan yugurib ketdi». Allaqanday gullar qoplagan so‘qmoq... . Bu qanday gullar ekanining muhimligiga ishonchingiz komilmi? Yoki ularning turini aniqlab, hovlingizga ekmoqchimisiz? Ehtimol ular sehrli gullardir va faqat o‘sha asardagi so‘qmoqdagina o‘sar... .
O‘zingiz hal qiling. Sizning o‘rningizda men maydachuydalar ketidan chopmagan bo‘lardim.
Menga rostini aytingchi, siz o‘z ona tilingizdagi hamma so‘zlarning ma'nolarini bilasizmi? Men ilm-fan va texnikaga oid atamalarning ma'nolari haqida gapirmayapman. So‘zlashuv tilidagi hamma so‘zlarning ma'nosini bilishingizga shubham bor. Biz ko‘pgina so‘zlarning asl ma'nosini bilmagan holda ham o‘z o‘rnida ishlataveramiz. Bu aslo kamchilik emas va men hech kimni ayblayotganim yo‘q. Faqat hech kim o‘z ona tilidagi barcha so‘zlarning ma'nosini bilmaydi, demoqchiman. Chet tilidagi so‘zlar haqidaku, gapirmay qo‘ya qolay.
Gohida so‘zlarni shunday paydar-pay ishlatadilarki, gap nimadaligini tushunmay ham qolasan. Yaqinda bir e'lon o‘qidim: «Kompaniyaga zararli odatlari bo‘lmagan qo‘riqchilar kerak». Albatta, gap dala qo‘riqchilari haqida emas. Mabodo kompaniyaga bosqinchilar bostirib kirsa, qo‘riqchilar «Kechirasizlar, mushtlashish zararli odat. Bizning bunday odatimiz yo‘q» deydilarmi? Yoki, «Birinchi kvartalda kompaniya asosiy fondining amortizatsiyasi uch foizni tashkil etdi», deb yozishibdi. Bundan bir nimani tushundingizmi? Bu xabar yaxshimikin yoki yomon? Kompaniyaga amortizatsiya nega kerak?
Bunday rasvogarchiliklar hamma tillarda bor. Siz ularning ma'nosini kovlashtirib ovora bo‘lmang. Shukrki, asarlarda tushunarsiz so‘zlar kam uchraydi. Bunday ikkinchi, uchinchi darajali so‘zlar sizga birinchi o‘qishdagina tushunarsiz bo‘ladi. Doimiy, diqqat bilan o‘qish davomida bu so‘zlarning ko‘pchiligi tushunarli bo‘lib boradi. Albatta, bir asarni bir necha marta o‘qiysiz va har safar har xil yangiliklarni kashf qilasiz. Bu juda ko‘ngilli mashg‘ulot, xo‘p deyavering.
Kompьyuterdan o‘qishni maslahat bermagan bo‘lardim. Ko‘rish qobiliyatingizga zarar yetkazmaslik uchun ham kitobdan o‘qing.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling