F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet14/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

aslo pichirlab emas!) suxandonga jo‘rovoz holda takrorlash kerak. Bu jarayon qiynalmay, suxandondan ortda qolmay talaffuz qiladigan bo‘lguningizgacha davom etsin. Dialoglarda o‘rganilayotgan tildagi barcha tovushlar ishtirok etadi va siz endi ularni qiynalmay, mohirlik bilan talaffuz eta olasiz.
Matn ustida ikkinchi bosqichda ishlaysiz. Asosiysi, e'tibor bilan tinglash, baland ovozda takrorlash (faqat baland, baland, baland ovozda!) Birinchi bosqichda nutk a'zolarimiz shu yo‘l bilan millionlab turli harakatlarni bajaradi. Hech qachon pichirlab, shivirlab, ming‘irlab o‘r-ganmang. Bu narsa o‘z-o‘zini aldash, chet tilida so‘zlashni xayolan o‘rganishdan boshka narsa emas. Tilni professional darajada o‘rganishning boshqa to‘g‘ri yo‘li yo‘q.
Matritsa usuli - sog‘lom fikr mahsulidir!
- Bolaligimda bir musiqiy asbobni chalishni o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan edi. Barmoqlarimni bu ishga ko‘niktirish uchun oylab ter to‘kkanman. Yoshim ulg‘aygach boshqa bir musiqa asbobini chalishni o‘rganishni o‘zim xoxlab qoldim (o‘rganishimga to‘g‘ri kelgani yo‘q, o‘zim o‘rganishni istadim). Bu safar barmoqlarimni ko‘niktirishga umuman qiynalganim yo‘q, ularda mavjud ko‘nikma bor edi. Nikolay Fyodorovich Zamyatkin usulida ham xar bir dialog ustida musiqa asbobini chalishni o‘rganganimday ter to‘kyapman. Bu yerda ham hammasini oson va chiroyli ijro etmaguningizgacha mashg‘ulotlarni davom ettiraverasiz. Ijro asbobi esa sizning o‘zingiz - ovozingiz va nutq a'zolaringiz.
Albatta qattiq ishlashga o‘zingizni faqat o‘zingiz ko‘niktira olasiz xolos. Qancha istasangiz shuncha ishlaysiz! Bu mashg‘ulot juda ko‘ngilli, kishiga beadad rohat baxsh etadi.
- Krishna o‘zidan «aniq bilim» talab qilgan shogirdlariga shunday degan ekan:
«Siz bu boqqa mevalardan totish, tabiatdan bahra olish uchun kelgansizlar. Shunday ekan mevalardan yeng! Ular shundoqqina qo‘l uzatsa yetguday joyda turibdi! Siz bo‘lsangiz daraxtlardagi mevalar va barglar sonini hisoblash bilan ovorasiz!»
Matritsa usulida ham shunday: sizdan qo‘shimchalar, so‘z turkumlari va hokazolar ustida bosh qotirish talab qilinmaydi (shuni ham unutmaslik kerakki, grammatikani sof holda o‘rganish ta'qikdlanmaydi, faqat boshlang‘ich bosqichda bu sizga xalaqit berishini hisobga olgan holda uni biroz keyinroqqa qoldiramiz), aksincha siz tilni amalda qo‘llaysiz, uning imkoniyatlaridan bahra olasiz.
Matritsa - go‘yo kichkina motorcha, startyorga o‘xshaydi. Til esa katta bir dvigatel. Birgina startyor bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, albatta. Ammo startyorni olib qo‘ysangiz dvigatel sovuq va harakatsiz asbobga aylanib qoladi.
Nikolay Fyodorovich Zamyatkinning tavsiyalari va usullari insonning ichki imkoniyatlariga tayanadi. U kishi ongida o‘ziga xos inqilob yasaydi. Har kungi to‘xtovsiz mashqlardan so‘ng til matritsasi so‘zsiz o‘z samarasini beradi va chet tilini o‘rganishga aynan shunday yondoshish kerakligini yurakdan anglab yetasiz.
Ha, til o‘rganishga aynan shunday yondoshish kerak, aslo o‘zgacha emas!
Mening eng yaqin do‘stimga aylanib ulgurgan o‘quvchim! Siz o‘zga til darvozasini asta ochar ekansiz, dastlab zulmatdan boshqa hech narsani ko‘rmaysiz. Qo‘llaringiz bilan nimalarnidir paypaslaysiz, ammo hech narsani ushlab qololmaysiz. Oldinga yurib ko‘rasiz, lekin nazaringizda bir joyning o‘zida aylanayotganday bo‘lasiz. Shu tariqa zulmat bilan jangingiz boshlanadi. Zarbalaringiz havoga uchadi. Ayni damda sizga tayanch nuqtasi kerak. Matritsa - sizning tayanch nuqtangizdir. Bu qorong‘u-likda sizga mening tavsiyalarim va saboklarim yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. Siz bu sohada men bilgan va muvaffaqiyatga eltuvchi hamma narsani bilib oldingiz. Bu chakana ish emas. Siz endi tilni his qila boshlaysiz. Harakatlaringiz qat'iylasha boradi. Kuchingizni ikkinchi darajali yoki umuman keraksiz narsalarga sarf qilib o‘tirmaysiz. Boshi berk ko‘chalarda besamar kezmaysiz. Qo‘lingizda aniq va puxta ishlangan, sizni muvaffaqiyat sari eltuvchi xarita turibdi. Tavsiya etilayotgan ushbu usulning eng mayda jihatlari ham puxta o‘ylangan. Ishga bor kuchingiz bilan kirishsangiz, tilni o‘zingiz o‘ylaganingizdan ham tezroq va yaxshiroq o‘rgana olasiz.
Bu yo‘lning to‘g‘riligi borasida shubhalanishingizga hojat yo‘q. Negaki bu usul amalda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va juda ishonchli. Yaqin orada bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Sizga muvaffaqiyat tilayman!
Omad tilamayman, negaki, til o‘rganishda u umuman kerak emas. Qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, mehnatsevarlik, o‘z-o‘ziga ishonch va qat'iylik - mana sizga eng keragi!
Xullas, mening qadrdonim, Sizga faqat va faqat muvaffaqiyat tilayman!
Mana, aziz suhbatdoshim, bizning qizg‘in va sermazmun suhbatlarimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi. Baxtimizgami yo baxtga qarshimi, ishqilib hamma narsaning o‘z ibtidosi bo‘lganiday, intihosi ham bor. Qani, boraqoling, ishga kirishing.
Mehnat qilib, bo‘ston yarating. Qisqagina dam olish chog‘laringizda risolamni qo‘lga oling, hamsuhbat bo‘laylik. Sizsiz men o‘zimni juda ham yolg‘iz his qilaman... .
Hech shubha yo‘qki, mening mehnatsevar do‘stim, oradan yillar o‘tib siz bitta, uchta, beshta, boringki undan ham ko‘p xorijiy tillarni o‘rganib olgach, bu ajib dunyo bilan yanada kengroq tanishgach, anglab yetasizki, sizning asl tilingiz - o‘z ona tilingizdir. Hech narsaga almashmaydigan bebaho boyligingiz - ona Vataningizdir!
Mening yosh va orzular qanotida uchib yurgan, begona sohillarni zabt etish ishtiyoqida yonayotgan o‘quvchim, siz hozir buning asl ma'nisini anglab yetmaysiz va buning uchun men sizni koyimayman. Negaki, siz hali katta yo‘lning boshidagina turibsiz xolos. Ha, do‘stim, faqat boshida... .
Podolьsk-Elanь- Sietl-Podolьsk... . 2006 yilning bahor va yozi.
Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling