F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009
Chet tilini o‘rganishning asosiy shartlaridan biri - o‘qish
Download 83.68 Kb.
|
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi koida
Chet tilini o‘rganishning asosiy shartlaridan biri - o‘qish. O‘qish - eng qulay vosita. Kitobni istalgan joyda o‘zingiz bilan bemalol olib yurishingiz mumkin. Tushunarsiz so‘zlarni undan istaganingizcha qayta-qayta o‘qishingiz mumkin. Matn ustida leksik-grammatik tezkor tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Umuman kitoblar kulay va arzonligi bilan ham ahamiyatli. Hozirgi kunda kerakli adabiyotlarni topish ham muammo emas. Lekin aynan nimani o‘qish kerak - bu muammo. Xo‘sh, nimani o‘qish kerak va qanday o‘qish kerak?
Bu borada o‘ziga xos qoidalar mavjud. Siz bularni bilishingiz shart. Demak, birinchi soida: Faqat o‘zingizga qiziq bo‘lgan kitobni o‘qing. Avvalroq aytganlarimni yana qaytarayotganim g‘ashingizga tegmasin, do‘stim. Mening hech bir so‘zim besabab takrorlanmaydi. O‘z ona tilingizda qanday janrdagi asarlarni sevib mutolaa qilsangiz, chet tilida ham aynan shunaqasini o‘qing. Shekspirga qiziqishingiz bo‘lmasa, uning asarlarini originalda o‘qiyman, deb o‘zingizni urintirmang. Bu faqat til o‘rganishga bo‘lgan istagingizning so‘nishiga sabab bo‘ladi xolos. Qiziqishlaringizni qondiradigan asarlarga boshingiz bilan sho‘ng‘ing. Leksika va grammatikangizda kemtiklar bo‘lmasin. Sizga qayta-qayta so‘z beraman, asar tanlash borasidagi nozik tomonlaringizni hech kimga aytmayman. Chunki hech kim sirni uni bilmagan odamchalik asray olmaydi. Ikkinchi koida: Iloji boricha katta hajmli asarlarni o‘qing. Katta hajmli deganda men eng kamida ikki yuz sahifali asarlarni nazarda tutyapman. Bu yerda standart hajmdagi harflar bilan, ortiqcha surat va bezaklarsiz chop etilgan to‘liq sahifalar haqida gap ketyapti. Har qancha qiziqarli bo‘lmasin, hozircha hikoyalarni o‘qimay turganingiz ma'qul. Nima uchun? Siz, albatta, behudaga hech bir so‘z aytmasligimni yaxshi tushunib oldingiz. Katta asarlarni o‘qish davomida asar qahramonlari hayoti orqali aks ettirilgan hudud jug‘rofiyasi, siyosati, tuzumi, dini, insonlar dunyoqarashi bilan tanishasiz va leksikangiz ham yangi so‘zlar bilan boyiydi. Asar sizning ish maydoningizga aylanadi. Bu yerda bemalol minglab so‘zlar, tushunchalar ustida ter to‘kish mumkin. Hikoyalar o‘qiganingizdachi? Ish maydoniga endi ko‘nikkaningizda hikoya tugab qoladi. Yangisini boshlaysiz, yana shu ahvol. Asarlarda yozuvchilar so‘zlarni mohirona tarzda ishlatadilar. Bir asarda bitta so‘zga o‘n martalab duch kelasiz. Ammo ular har safar har xil ma'no anglatadi. Matn mazmunidan kelib chiqib, so‘zlarning hatto lug‘atlarda berilmagan ma'nolarini anglab olasiz. Shu topqirligingiz sabab bu so‘zlar va ularning ma'nolari bir umrga xotirangizda muhrlanadi. So‘zlarning qayta-qayta takrorlanishi ham faqat bizning foydamizga xizmat qiladi. Biz takrorlash - bilim olishning garovi ekanligini yaxshi bilib oldik. Asar tili orqali so‘zlashuv tili - xalq tiliga yaqinlasha boramiz. Yangi ma'noli jumla va iboralarni kashf etamiz. Turgan gapki, hech qaysi kashfiyot mashaqqatsiz bo‘lmaydi. Har bir katta asar grammatika bo‘yicha katta saboq beradi. Asarlarning dastlabki sahifalarida so‘zlar «quyultirilgan» holda beriladi. Bu changalzorda yo‘l topish dastlab qiyin bo‘ladi. Ammo bora-bora o‘rmon ancha siyraklashib qolganini va yurishga qiynalmayotganingizni sezib qolasiz. Hikoyalarda esa hammasi ochiq-oydin. Qiladigan ishning o‘zi yo‘q. Bunga adiblarimiz aybdor emas. Bu janrning talabi shunday. Axir badiiy asar orqali grammatikani o‘rganishimiz ularning tushiga kiribdimi?! Chet tilidagi kattagina hajmli asarni o‘qib tugatgach, o‘zingizda qoniqish sezgan bo‘lsangiz, sizni katta muvaffaqiyat bilan tabriklasa bo‘ladi. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling