F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet5/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

Mening bola yoshidan o‘tgan o‘quvchim, siz ham bu usullardan foydalanishga qarshimasdirsiz?
Mana til o‘rganishning eng oddiy va oson usuli: avval diqqat bilan uzoq tinglash (ma'noni ohang orqali anglay olish uchun miyani yangi ohanglarga ko‘niktirish), keyin asta-sekin va to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlarning asl ma'nosini o‘rganish, tahlil qilish va jumlalar tuzish.
Xullas, eng to‘gri yo‘l - tilni bolalarcha usul bilan o‘rganish.
Xo‘sh, bunga kuchingiz yetadimi? Axir til o‘rganish kishidan nafaqat aqliy mehnatni, balki jismoniy kuch-quvvatni ham talab qiladida. Ishonavering, sizdan eng avval jismoniy kuch talab qilinadi. Bu albatta, siz uchun yangilik emas. Faqat siz bunga ilgari e'tibor bermagansiz.
Til o‘rganuvchi o‘zining miya hujayralarini, yuz mushaklarini va nutq a'zolarini begona talaffuz va oxangga moslashi lozim. Bu jarayonda aql va vujud baravar ishtirok etadi. Siz bunga tayyor bo‘lishingiz kerak, mening tirishqoq o‘quvchim.
Bu mehnat ortida yiqilishlar, jarohatlar, ko‘z yoshlar bo‘lishi tabiiy ekanligini ham unutmaslik darkor. Axir biz bolalar usulidan foydalanmoqchimiz. Bolakayga «pechkaga tegma, kuyasan», deyishingiz hech qanday samara bermaydi. U to‘g‘ri borib qizigan pechkani ushlashi va kuyishi mumkin. Shundagina uning uchun «kuymoq» so‘zi hayotiy ma'no kasb eta boshlaydi va bir umrga esda qoladi. Meni tushundingiz, degan umiddaman. Siz boshlagan jarayonda ham ma'nosi butun umr yodda qoladigan og‘riqlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Yer kurrasida nutq a'zolari o‘ta mukammal shaklda rivojlangan yagona mavjudot bu insondir. Har bir odamning nutq a'zolari bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos bo‘ladi. Dunyodagi har bir tilning talaffuzi ham nutq a'zolariga turlicha ta'sir etadi. Begona tilda so‘zlash u yoqda tursin, uni tinglashning o‘ziyoq miyamizda bir qator tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Chunki miyamizda begona tildagi tovushlarni hech e'tirozlarsiz, osongina qabul qiladigan dasturning o‘zi yo‘q. Eshitish a'zolarimiz va miyamiz yangi ohanglarga ko‘nikishi va o‘zidan ularga joy ajratishi uchun jiddiy mashq zarur.
Nutq jarayonida nutq a'zolarimizning ayrimlari faol harakatda bo‘lgan holda, ayrimlari o‘ta sust bo‘ladi.
Qadimgi xitoy zodagon oilalarida g‘alati odat urf bo‘lgan edi. Oq-suyak oila kizlarini mayda qadam tashlashga o‘rgatish uchun ularning oyoklari bir-biriga yaqin holatda bog‘lab qo‘yilardi. Natijada oyoqlar mayda qadam bilan yo‘rg‘alashga moslashar va bechora kizlar bemalol qadam tashlash baxtidan mahrum bo‘lardilar. Bu kabi kadam olishlarda, aslida, hech qanday nazokat yo‘k, aksincha kishiga g‘ozning yo‘rg‘alashini eslatadi, xolos. Bu odatni bejiz tilga olmadim. O‘z ona tilidan boshka tilni bilmaydigan kishilarning nutq a'zolari xam o‘sha bog‘langan oyoqchalarni eslatadi. Ularga bemalol qadam tashlashni o‘rgatish uchun mashq zarur. Nutq a'zolari avvaliga qiynaladilar, qarshilik qiladilar, alal-oqibat moslashadilar. Karshiliklar bo‘lishi tabiiy, negaki yangi topshiriqlarni ular chindan ham tushunmaydilar. Hammasi begona. Ma-bodo dabdurustdan shotlandlarning milliy raqsini ijro etib berishingizni so‘rab qolishsa, o‘zingiz qanday ahvolga tushardingiz? Hatto jahlingiz ham chiqqan bo‘lardi.
Xuddi shu o‘rinda biz o‘ta nozik nuqtaga duch keldik. Miya va nutq a'zolarini biror-bir narsaga o‘rgatish hammaning o‘z qo‘lida. Bu jarayon har bir odamda bir-biriga o‘xshamagan tarzda, o‘zgacha kechadi. Bu yerda har qanday ikkinchi odam ortiqchadir.
Agar biz mashqlarni maromiga yetkazib bajarolmasakchi? Nutq a'zolarini o‘zga tilga moslay olmaslik okibatida aktsent paydo bo‘ladi. Siz endi chet tilini o‘z tilingiz ohangiga solib olasiz. Buning natijasida esa xayotda turli kulgili va ayanchli holatlar sodir bo‘ladi. Masalan, yapon tilida aynan «r» va «l» tovushlari yo‘q. «R», «l», «d» tovushlarini ifodalaydigan umumiy tovushlar mavjud. Demak, «qalam», «qaram», «qadam» so‘zlari yapon kishisi uchun bir xil jaranglaydi (ushbu sharx tarjimonniki). Rus tilidagi «Saxalin» va «saxarin» so‘zlarining takdiri ham shunday. Shuningdek, yaponlar uchun «s» va «sh» xarflari orasidagi fark u kadar ahamiyatli emas. Yaponlarning mashhur «xoloso»si rus tilidagi «xorosho»ning yaponcha talqini xolos. Hech qaysi yapon maxsus mashqlarsiz «r» tovushini ayta olmaydi. Shuningdek, ingliz tili talaffuzi bilan boshqa til talaffuzlari o‘rtasida ham farq oz emas. Inglizlar esa rus tilidagi ayirish va yumshatish belgilarini hazm qila olmaydilar.
So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali ma'no o‘zgarishi afsuski, xunuk oqibatlarga ham olib kelgan hollar kuzatilgan. Aynan shu mavzuda Moskva Davlat Universitetining chet tillar fakulьteti dekani professor Terminasova «Tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi urush va tinchlik» nomli risola bitgan edi. Bu kitobni o‘qib chiqishni sizga ham maslahat bergan bo‘lardim. Tildagi ma'no nozikliklarini farklash, so‘zlashuvda ehtiyotkor va nazokatli bo‘lish naqadar muhim ekanligini hayotiy misollar yordamida anglash uchun ushbu mutolaa albatta kerak, deb o‘ylayman.
Biz yuqorida chet tilidagi matnlarni avval uzoq vaqt tinglash kerakligi borasida so‘z yuritgan edik. Bir kunda kamida uch soat vaqt mobaynida matnlarni tinglash barobarida albatta o‘sha matnning yozma shakliga ko‘z yugurtirib borish kerak. Dastlabki paytlarda siz nimalarni eshitayotganingizni hatto his ham qilmaysiz. Sababi - bu o‘rinda maqsad avvalo eshitish a'zolarimiz va miyamizning asab tizimini begona tovushlarga ko‘niktirish va tanishtirishdir. Tinglash mobaynida juda qiziq holat ro‘y beradi. Chet tilidagi ayrim so‘z va birikmalarni o‘z tilingizdagi yoki boshqa bir tildagi so‘z va birikmalarga aynan o‘xshata boshlaysiz. Boshqacha aytganda, begona so‘zlarni «taniy» boshlaysiz. Aslida ular butunlay boshqa-boshqa ma'noli so‘zlar yoki birikmalardir. Ammo miyamizga notanish emas ekan. Masalan, men o‘zimga butunlay tushunarsiz bo‘lgan o‘zbek tilidagi nutqni tinglar ekanman, qasam ichib aytamanki, unda qandaydir inglizcha so‘zlarni va hatto butun-butun inglizcha jumlalarni eshitaman. Haqiqatan, aslida bunday emas. Bu narsa mening o‘xshash tovushlardagi ohangdorlikni payqayotganimdan darak beradi. Demak, miyam ortiqcha zo‘riqishlarsiz begona tilni qabul qilishga tayyor.
Deyarli barcha tillarda fonetik va morfologik tamoyillar mavjud. Ya'ni so‘zlarning aytilishi bilan yozilishida ancha-muncha farqlar bo‘ladi. Siz suxandonning ovoziga hamohang tarzda matnga ko‘z yugurtirar ekansiz, bu farklar yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi.
Darvoqe, sizni uzoq vaqt matnlarni tinglash zarurati aslo cho‘chitmasin. Quloqlaringiz chet tili ohanglariga ko‘nikib qolgach, tinglash soatlarini kamaytirishingiz mumkin.
Siz dastlab suxandonlardan ortda qolib ketishingiz aniq. Bu odatiy hol. Siz ayrim so‘zlar ustida to‘xtab qolasiz. Negaki, matnda boshqacha yozilgan, suxandon esa uni boshqacha talaffuz qilyapti. Bora-bora bu oraliq kengayib boradi. Aytaylik, nemis yoki ispan tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, bu muammo u qadar katta bo‘lmaydi. Farqlar bor, ammo oz. So‘zlarning yozilishi bilan aytilishi orasida yer bilan osmoncha farq mavjud bo‘lgan til esa ingliz tilidir. Inglizlarning o‘zlari bu masalada hazillashib, «biz «Manchester» deb yozganimizni «Liverpulь» deb o‘qiy-miz», deya kuladilar. Bu hazil haqiqatdan yiroq emas. Ammo, ishonave-ring, shu qiyinchiliklarga qaramay, agar to‘g‘ri yo‘l tutsangiz, inglizchada tez va aktsentsiz o‘qiy olasiz.
Matnlarning o‘qilishini diqqat bilan tinglash mobaynida so‘zlarning «g‘ilof» ichidagi asl qiyofasini ko‘ra boshlaysiz va suxandon bilan baravar talaffuz qilishni istab qolasiz. Demak, siz tilni qabul qilishga tayyorsiz. Faqat butun-butun matnlarni o‘qishga, ko‘p so‘zlarni talaffuz qilishga shoshilmang. Maqsad sari asta-sekin harakat qiling. Ovqatni shoshib ichsangiz og‘zingiz kuyadi.
Agar to‘g‘ri talaffuz qila olmayotgan bo‘lsangiz, yana tinglashga qayting. Bu ham tabiiy hol.
Endi sizga yana bir sirni ochaman. Matnlarni hech qachon ichingizda yoki pichirlab o‘qimang. So‘zlarni shivirlab talaffuz qilmang. Eshitish a'zolarimizdagi to‘liq harakatlarsiz miyamiz yangi so‘zlarni xotirasida oson saqlab qola olmaydi. Shivirlab o‘rganish - xayol surishday bir gap.Axir siz boks tushishni yoki qo‘shiq aytishni xayolan o‘rganmaysizku. Uz-o‘zicha xirgoyi qilib yurgan odamning qo‘liga mikrofon tutqazib, katta sahnaga chiqarib qo‘yilsa qanday ahvolga tushadi.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling