F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009
Aslo yo‘q! Hech ham unday emas! Bu ahmoqona ko‘rsatmani darhol unuting!
Download 83.68 Kb.
|
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chet tilini o‘rganish - so‘zlarning asl manosini tushunmay turib, ko‘r-ko‘rona yod olish degani emas. Lug‘at - bu til emas.
Aslo yo‘q! Hech ham unday emas! Bu ahmoqona ko‘rsatmani darhol unuting! Men sal o‘rinsiz hazil qildim shekilli. Axir bu siyqa usuldan voz kechish payti allaqachon kelgan. Deyarli hamma o‘qituvchilar ishni lug‘at yodlatishdan boshlaydilar.
O‘qituvchi va o‘rganuvchi do‘stlarimdan o‘tinaman, aslo bunday qilmang! Hech qachon! Chet tilini o‘rganish - so‘zlarning asl ma'nosini tushunmay turib, ko‘r-ko‘rona yod olish degani emas. Lug‘at - bu til emas. O‘zga tilni begona so‘zlarni qiynalib talaffuz qilish orqali o‘rganish va tushunib-tushunmay xulosa chiqarish eng katta va ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolarimizdan bittasidir. Siz bu noto‘g‘ri tushunchadan qanchalik tez xalos bo‘lsangiz, shuncha yaxshi. Til - aslida hamisha harakatdagi murakkab tizim. So‘zlar esa bu tizimning bir qismi xolos. So‘zlar o‘z ma'nolarini va qo‘llanish usullarini o‘zgartirib turadilar. Til bamisli tirik mavjudot. Uni sevish, sezish, his qilish kerak. Shundagina u sizga tushunarli bo‘ladi. Ammo, baribir, lug‘at sotib olishingizga to‘g‘ri keladi. O‘z o‘rnida u, albatta, kerak. Odatda biz ishni kichik hajmli lug‘atlarni sotib olishdan boshlaymiz. Biroz vaqt o‘tgach, sal kattarog‘ini, keyin yana ham qalinrog‘ini... . Bilimlarimiz ortgani sayin lug‘atlarimiz ham qalinlashib boraveradi va... uyimizda chang bosib yotgan lug‘atlar kollektsiyasi paydo bo‘ladi. Siz makulatura yig‘ish bilan shug‘ullanmangda, eng ma'kuli, birato‘la eng katta va qalin lug‘atni sotib oling. Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun yodda tutishimiz lozim bo‘lgan yana bir jihat bor. Raqamlarni hech qachon tartib bo‘yicha yod olmaslik kerak. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘kqiz, o‘n va hokazo tarzida. Hayotda odatda raqamlardan bu taxlit foydalanishga deyarli to‘g‘ri kelmaydi. Bunday matematik tartib so‘zlashuv tilining tabiiyligiga putur yetkazadi. Ishonavering, o‘zga tilda yod olgan ilk raqamingiz odatdagiday bir soni emas, yetti yoki o‘n bir bo‘lsa ham osmon uzilib yerga tushmaydi. Mabodo, ilk bor ikki yoki sakkizni yod olsangiz ham sizni hech kim til qoidalarini buzganlikda ayblamaydi. Yaxshisi, raqamlarni turli ketma-ketliklar holida, masalan, sakkiz-to‘rt-o‘n besh, o‘n yetti-to‘qqiz-ikki tarzida yod oling yoki telefon raqamlaringizni chet tilida yodda saqlang. Tartib bo‘yicha yod olingan raqamlarni aloxida eslash qiyin bo‘ladi. Mening bir tanishim frantsuz tilini o‘rganayotib, raqam nomlarini alohida eslashga qiynalayotganini, misol uchun sakkiz raqamini aytmoqchi bo‘lsa, xayolan birdan sakkizgacha sanab chiqishga majbur bo‘layotganidan shikoyat qilgan edi. Chunki miyaga allaqachon tartib bo‘yicha sanashga buyruq berib qo‘yilgan va u o‘z ishini bajarmoqda. Bunday noxushlik hafta, oy kunlari nomi bilan ham sodir bo‘lishi mumkin va hayotda o‘zingiz ham shunday holatlarga guvoh bo‘lgansiz. Odatda chet tilini o‘rganishni alifbo yodlashdan boshlaydilar. Bu yo‘sinda ham harflarni alohida eslash kiyin bo‘ladi va yod olish uchun sarflangan vaqt va quvvat kutilgan natijani bermaydi. Tasavvur qiling, siz Amerikadasiz. Amerika yo‘l politsiyasi xodimi sizni mast holda mashina boshqarganlikda ayblab to‘xtatdi, deylik. E'tiroz bildirishga shoshilmang. U hech bir asossiz shunday qarorga kelgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday anglashilmovchiliklar Amerikada tez-tez sodir bo‘lib turadi. Ammo hozir gap umuman bunda emas. Albatta, siz unga e'tiroz bildirasiz. Politsiyachi esa o‘z navbatida sizdan hushyorligingizni isbotlash uchun o‘zining davlat tili alifbosini avval tartib bilan, keyin aralash tarzda aytib berishingizni so‘raydi. Bu narsa yo‘l politsiyasining alifbo o‘yini hisoblanadi. Men endi buyog‘iga harflarni va lug‘atlardan alifbo tartibida yod olgan so‘zlaringizni alohida eslashga qiynalib, qanday anglashilmovchiliklarga duchor bo‘lishingiz mumkinligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman... . Til o‘rganishga bo‘lgan harakatlaringiz dastlab kutilgan natijani bermasligi mumkin. Bu tabiiy, chunki miyamiz dastlab o‘z osoyishtaligining buzilishini istamaydi va biz bu qarshilikni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Mazkur holat ayniqsa chet tilini o‘rganish jarayonida kuchli kuzatiladi. Negaki, miyamiz shakllangan davridan boshlab ona tilimiz ohangdorligiga erishib bo‘lgan edi. Begona ohanglarga moslashish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Miyani o‘zga til ohangdorligiga moslash uchun siz o‘sha tildagi matnlarni juda uzoq vaqt mobaynida diqqat bilan tinglashingiz lozim. Ha, muvaffaqiyat kerak bo‘lsa, ishni aynan shundan boshlang. So‘zlarning ma'nosiga tushunmasangizda, qunt bilan tinglayvering. Men bu xulosalarimni asoslashga urinib ko‘raman. Istaysizmi yo‘qmi bizning til o‘rganish borasidagi eng yaxshi ustoz-larimiz bolakaylardir. O‘z ona tilida gapirishni endigina eplayotgan bolakay bilan chet tilini o‘rganishni yaqindagina boshlagan katta yoshli kishi o‘rtasida tafovut kam. Ammo bolakaylar bu borada ancha uddaburondirlar. E'tibor bergan bo‘lsangiz, bola ilk so‘zlarni talaffuz qilishdan oldin bizni oylab va yillab tinglaydi. Shu qadar diqqat bilan tinglaydiki, hali so‘zlarning asl ma'nosini tushunmasada, gapirish ohangimizdan yaxshi va yomon ma'noni ajrata oladi. Yumshoq muomalaga kulib, dag‘al ohanglarga esa yig‘lab javob beradi. Bolalar til o‘rganishning eng to‘g‘ri va tabiiy usulini biladilar. Bu ularga Yaratgan tomonidan ato etilgan ne'matlardan biridir. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling