F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009
Download 83.68 Kb.
|
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sizga takror uqtiraman: matnlarni doimo baland ovozda o‘qing!
- Tinglash - yozuv va talaffuzdagi farklarni ajratishga yordam bersa, baland ovozda takrorlash - yodlab qolish va chiroyli talaffuz qilishga ko‘mak beradi.
Hamisha baland ovozda o‘king! Baland pardalardan past ohangga tushish doimo oson va oddiy bo‘lgan, ammo quyi pardalardan avjga ko‘tarilishni hamma ham eplayvermaydi.
Qilich janglarining mashhur ustasi Miyamoto Musasi o‘z saboqlarini katta va qiyin mashklardan boshlar ekan. U «katta ishlarga qodir odam kichik narsalarni albatta eplaydi», deb yozgan edi. Men bu fikrga «pastdan yuqoriga chiqish esa hech kachon oson bo‘lmaydi», degan jumlalarni ilova qilishni istardim. Sizga takror uqtiraman: matnlarni doimo baland ovozda o‘qing! Gomerning «Iliada»siga qayta hayot bag‘ishlagan Shliman aynan shunday usul bilan o‘nta tilda chiroyli so‘zlashishni o‘rgangan edi. Xullas, bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan usul. Boshqa yo‘llarni qidirib vaqt yo‘qotishingizga hojat yo‘q. Va to‘g‘ri nafas olishni ham unutmang. Ha, ha, men shuni ham aytmoqchi edim. Chet tilida so‘zlashayotgan vaqtingazda nafas olishingiz ham begonalashadi. Nutk a'zolari o‘zgacha harakat qilayotgani uchun o‘pkadagi havo oqimining yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Siz odatdagidan boshqacharoq nafas ola boshlaysiz. Shu tufayli ham avvaliga o‘zingazda charchoq va biroz hansirashni his qilasiz. Vaqtlar o‘tib bu ham o‘tib ketadi va aytish mumkinki, chet tilida so‘zlashayotgan paytingizda chet elliklarday nafas ola boshlaysiz. Yana bir gap. Birinchi qadamni qo‘yishda shoshmaslik va ehtiyot bo‘lish darkor. So‘zlarni butunligicha talaffuz qilishga qiynalyapsizmi? Unda ularni o‘zok va qo‘shimchalarga bo‘lib talaffuz kiling. Chiroyli talaffuz qilayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lgachgina, butun so‘zni takrorlang. O‘z isbotini topgan yana bir haqiqat shuki, so‘zlarni ilk davrlarda qanday talaffuz kilsangiz, ular butun umr xotirangizda shunday muhrlanadi. Iillar o‘tib, yuksak darajalarga erishgan takdiringizda ham yo‘l qo‘yilgan ilk xatolarni tuzata olmasligingiz mumkin. Tinglash - yozuv va talaffuzdagi farklarni ajratishga yordam bersa, baland ovozda takrorlash - yodlab qolish va chiroyli talaffuz qilishga ko‘mak beradi. Aynan shu o‘rinda o‘z ishini yaxshi biladigan va yangiliklarni hazm qila oladigan o‘qituvchingizning bo‘lishi nur ustiga nur bo‘lardi. Shunday o‘qituvchini topa olsangiz, albatta. Doimiy an'analarga sodiq o‘qituvchi esa kelajagingiz uchun xavf tug‘diradi. Hamma yurayotgan va juda kam samara berayotgan yo‘llardan kochish va ko‘nikmaga aylanib ketgan siyqa usullardan ehtiyot bo‘lish kerak. Fikringiz va tutayotgan yo‘lingizning to‘g‘riligini boshqalarga uqtirolmay xunob bo‘lgandan ko‘ra, o‘z ustingizda mustaqil ishlaganingiz foydaliroq. Axir daholar ergashmaydilar, daholarga ergashadilar. Mustaqil ta'lim ham ajoyib natijalarga olib kelgan hollar hayotda juda ko‘p. Men buni o‘z tajribamdan va ko‘plab do‘stlarimning xayotiy sabokdaridan kelib chiqib aytayapman. Bir ayol bilan tanishib qolgan edim. Meni hayratlantirgan narsa shuki, bu go‘zal nozanin Kavkazning tog‘li ovloq kishlokdaridan birida o‘sgan bo‘lsada, rus tilida juda nazokat bilan, nozik qochirimlarga boy jumlalar tuzib, qo‘yingchi, tilshunos professorlar singari bexato va ta'sirli so‘zlar edi. Men o‘z hayratlarimni yashira olmadim va undan «tilshunoslik bo‘yicha professor emasmisiz?», deya so‘radim. Ayol kuldi va rus tilini Kavkazning chekka bir qishlog‘idagi kichkinagina maktabda chet tili sifatida o‘rganganini aytdi. Men ishonolmadim, ammo chindan ham hech qaysi maktabda ruscha so‘zlashishni ayol so‘zlayotgan darajada mukammal o‘rgatmaydilar. Ayol yana kuldi va bola paytlari dalada qo‘y boqib yurib, rus tilidagi matnlarni baland ovozda qayta-qayta takrorlaganlarini va rus tilidagi asarlarni o‘qib, ma'nosini mustaqil tushunishga harakat qilganlarini aytib berdi. Ha, u bu tilda shu darajada benuqson va chiroyli so‘zlashni o‘ziga-o‘zi o‘rgatgan edi. Chindan ham chet tilini o‘rganish - o‘ta shaxsiy va ko‘proq yakka tartibda shug‘ullanishni talab qiladigan ishdir. Til o‘rganish - ilhom, qobiliyat, san'at degani. Aslo ilm emas! Shu sababli, agar kichik dialoglar uchun ham o‘n besh, o‘n olti kuningiz sarf bo‘layotgan bo‘lsa, aslo qo‘rqmang va tushkunlikka tushmang. Axir siz non pishirishingiz uchun zarur bo‘lgan bug‘doy urug‘ini endigina yerga qadadingiz. Tabiatga qarang, hech narsa tez fursatlarda meva bermaydi. Ha, bug‘doy urug‘i hozircha non emas, ammo albatta bir kuni non bo‘ladi. Hech qachon o‘zingizni o‘zingiz aldamang. Tilni ham aldamang. Bir kunda kuchingiz qanchaga yetsa, shuncha shug‘ullaning. Har kuni o‘z-o‘zingizga imtihon topshiring. Bu yerda ikkinchi odam yo‘q, demak, hech qanday shpargalka va hiylalarga ham hojat bo‘lmaydi. Siz bir yil davomida shu mashg‘ulot bilan shug‘ullandingiz deylik. Muvaffaqiyatlaringiz u qadar ko‘p emas. Chunki til o‘rganish uchun eng oz muddat - bu bir yil. Ammo siz endi okeanga konserva bankasida emas, mustahkam kemada chiqdingiz. Kuzatishlarimning guvohlik berishicha, chet tili fakulьtetlari tala-balari odatda uchinchi yildan keyin o‘z yo‘llarini topa boshlaydilar. Chunki aksariyat hollarda ular vaqtlarini bekorchi narsalarga sarflaydilar. Til o‘rganishning asosiy sharti uch-to‘rt «para» ma'ruza tinglash-u, darsdan keyin bir-ikki soat uy topshiriqlarini bajarishda deb biladilar. Axir ular umumiy kemada ketyaptilar va ularning kemasi kapitanning buyrug‘igagina bo‘ysunadi. Sizning esa o‘z kemangiz bor va o‘zingiz kema kapitanisiz. Faqat hozircha biroz tajribangiz kam xolos. Bu yo‘nalishda ko‘zlangan niyatga erishish uchun yil davomida kamida ming soat shug‘ullanish kerak. Bundan tashqari o‘rganilayotgan tilda yozilgan uch ming sahifadan iborat matnni o‘qib, tarjima qilish lozim. Bu mashg‘ulot kishidan qat'iy rejani talab qiladi. Agar bir kunda til urganish uchun uch soat vaqt ajratgan bo‘lsangiz, uning ikki soatini o‘rganishga, bir soatini esa dialog yoki matnlarni tinglashga sarf qiling. Shundan keyin ikki yoki uch soat davomida matn o‘qing va tarjima qiling. Avvaliga lug‘atlardan foydalanasiz. Asta-sekin so‘zlarning tarjimasi xotirangizda qoladigan bo‘ladi. Bu ko‘r-ko‘rona lug‘at yodlashga karaganda ancha samarali va foydali usul. Bir yildan keyin qarabsizki, chet tili sizga o‘z ona tilingizday qadrdon bo‘lib qoladi. Endi siz uchun yangi va keng imkoniyatli bosqichlar boshlanadi. Bu ish uchun sizdan ortiqcha kuch talab qilinmayotganini seza boshlaysiz. Lekin bir yil juda oz muddat. O‘z ustida nazorat yuritmagan odam yangi bosqichga ikki yoki uch yilda yetib kelsa ham ajablanmagan bo‘lardim. Ammo siz haqingizda bunday xulosa chiqarishni istamayman, mening tirishqoq o‘quvchim. Ana shu birinchi va eng qiyin bir yillik bosqichdan o‘tish uchun AQSh Mudofaa Vazirligining Montereydagi xorijiy tillar institutida talabalar bir kunda olti soat mobaynida o‘quv xonalarida o‘qituvchi hamkorligida shug‘ullanadilar. Darsdan keyingi ikki soat davomida esa uyga berilgan topshiriklarni bajaradilar. Bunday tartib tilni to‘laqonli o‘rganish garovidir. «O‘h-ho‘, bu qiyin ish ekan. Men buni uddalay olmayman. Bunga kuchim ham, vaqtim ham yetmaydi. Axir ishdagi odam bo‘lsam», - deyapsiz-a? To‘g‘ri eshitdimmi? Eh, mening o‘ta band o‘quvchim, siz hali kim bilan ish boshlaganingizni bilmaysiz shekilli. Meni har qanday bo‘lmag‘ur gaplarga ishontirish aslo mumkin emas. Endi ijozatingiz bilan, sizning kun davomida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishingizga bir ko‘z yugurtirib chiqsak. Uykudan turgach, yuvinib-taranib, nonushta qilasiz. Shu qisqagina vaqt davomida televizor ko‘rish uchun qimmatli vaqtingizdan albatta ulush ajratasiz. Kiyinib, ishga jo‘naysiz. O‘n besh yoki o‘ttiz dakiqani yo‘lga sarflaysiz. Shunday qilishga majbursiz. Ammo shu paytlarda qulog‘ingiz bo‘sh bo‘ladiku. Hozir texnika juda maromida rivojlangan. Ko‘cha-ko‘ylarda qulog‘iga moslama takib olib, musiqa eshitib ketayotgan yoshlarga ko‘zingiz tushgandir. Siz ham pleyer sotib olib, sanab o‘tilgan vaqtlar mobaynida chet tilidagi matnlarni tinglashingiz mumkinmi? Bu usuldan ko‘pchilik foydalanadi. Kechki paytlari uyqudan oldin ikki soat vaqtni matn o‘qib, tarjima qilishga sarflash mumkin. Ozroq mulohaza kilingchi, siz uchun oqshomlari vaqtingizni bemalol band qilayotgan serial-u, teleko‘rsatuvlar shu qadar ahamiyatlimi? Siz yaxshisi menga bo‘sh vaqtingizni topishga ko‘maklashing. Ha, aytganday, hamkasblaringiz-u, tanish-bilishlaringiz bilan yuzma-yuzmi yoki telefondami g‘iybatlashadigan qimmatli daqiqalaringiz mavjudligini ham esdan chiqarmang. Nimani astoydil kidirsangiz, albatta topasiz. Jumladan vaqtni ham. Ayniqsa jiddiy yumushlar uchun. Yana qayta uqtiraman, o‘zingizga javob berolmasangiz, tilni tinch qo‘ying. Bu sohada meni tashvishlantiradigan yana bir jihat bor: dialoglar-dagi ohangdorlikning buzilishi. Ingliz tilini o‘rganayotgan odam inglizcha ajablanishi, savolni ham inglizcha ohangda berishi va o‘sha ohangda tasdikdlashi yoki inkor etishi kerak. Afsuski, hech kaysi o‘qituvchi bu masalaga e'tibor ham bermaydi. Axir har bir tilning o‘ziga xos ohangi bo‘ladi. Bunday jihatlarga ahamiyat bermaydigan «mutaxassislar» tufayli bilimlari-mizda kemtiklar paydo bo‘ladi. Yo‘limizda uchraydigan g‘ovlardan yana bittasi - uyquchanlikdir. Istaysizmi-yo‘qmi, chet tilidagi matnlarni mutolaa qilayotganda kishini uyqu eltadi. Iljayishga shoshilmangda, matnlarni baland ovozda o‘qish kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarimni eslang. Ular bejiz aytilmagan. Aynan uyquchanlikni bartaraf qilish kerakligi to‘g‘risida, xuddi kelishib olingandek, hech kim lom-mim demaydi. Garchi bu holat hamma o‘rga-nuvchilarga xos bo‘lsa ham. Nega shunday? Uyquchanlik ham o‘z tinchining buzilishini istamayotgan miyamizning qarshiliklaridan bittasi. Miya juda tinch, lekin qat'iy turib bizning istaklarimizga qarshilik qiladi va kamdan-kam holat-lardagina g‘olib bo‘ladi. Uyquchanlik matnlarni tinglash mobaynida ham yuz beradi. Siz uyquni haydashga harakat qilasiz va unga qarshi o‘z bilganingizcha kurasha boshlaysiz: yuzingizni sovuq suvda yuvib kelasiz, achchiqqina kofe ichasiz yoki bir aylanib kelasiz va... uxlab qolasiz. Negaki, siz aynan ishlashni istamayotgan miyaning buyruqlarini bajardingizda. U sizni o‘zini qiynayotgan aqliy mashg‘ulotdan chalg‘ita oldiku. Siz shu tariqa o‘z ichingizdagi dangasa, ammo ayyor dushmanga yengila boshlaysiz. Xo‘sh, qanday yo‘l tutmoq kerak? Matnni o‘qiyotgan paytda baland ovoz uyquchanlikni yengishga ko‘mak bera oladi, albatta. Lekin tinglayotgan vaqtdachi? Bitta to‘g‘ri usul bor: harakatlanib tinglash. Aynan shu o‘rinda ham mening til o‘rganish san'ati mustaqillikni sevishi to‘g‘risidagi fikrlarim o‘z isbotini topmoqda. Hammamiz ortiqcha harakatlarsiz, bir joyda o‘tirgan holda bilim olishga odatlanganmiz. Maktablardagi tizim shuni taqozo etadi. Orqa partalarda uxlab o‘tiradigan o‘quvchilarni eslayapsizmi? Dars vaqtida o‘qituvchining butun kuch-quvvati o‘quvchilarni harakatsizlantirishga qaratiladi. Bolalar esa o‘z navbatida ayyorlikni o‘rganadilar. O‘zlarini go‘yo darsni tinglayotganday tutadilar va xayoliy o‘yinlarga beriladilar. Bu tizim bizga shu qadar chuqur singdirilganki, natijada biz tilni ham albatta o‘tirib. urganish kerak, deb o‘ylaymiz. Vaqtimiz yo‘qligi haqidagi vaj-korsonlarimiz ham shu tushunchalarning mevasidir. Baxtimizga endi biz tilni maktab partasida o‘tirib o‘rganayotganimiz yo‘q. Binobarin, dangasa miyaga yengilmaslik uchun harakatlarimizga erkinlik bera olamiz. Pleyerni ishga tushirib, moslamalarni taqingda, sayrga chiqing. Albatta qor-yomg‘irli yoki jazirama kunlarda bunga majbur emassiz. Asta-asta qadam tashlab, matnlarni diqqat bilan tinglab boring. Yurib ketayotib uxlab qolgan odamni hayotimda ko‘rgan emasman. Aristotel ham falsafiy ma'ruzalarini shogirdlariga tabiat qo‘ynida sayr qilib yurgan holda o‘qigan ekan. Demak, tilni harakatsiz o‘tirgan holda o‘rganmagan ma'qul. Bu mening shaxsiy tajribamdan muvaffaqiyatli o‘tgan usullardan biri. Men suxan-donning chiroyli, sokin ovozini tinglagan holda, so‘zlarni qayta-qayta takrorlab, o‘nlab kilometr yo‘l bosar va vujudimda tetiklikni, miyamda ajib bir tiniqlikni his kilardim. Bu sayr sizda tanish yo‘nalish bo‘yicha o‘tsa maqsadga muvofik bo‘lardi. Toki sog‘ligingizga xech qanday yo‘l hodisalari tahdid solmasin. Kiyimlaringiz, ayniqsa oyoq kiyimingiz kulay bo‘lsin. Mabodo yon-atrofingizda sayr uchun qulay yo‘lkalar bo‘lmasa, bu ishni uy ichida ham amalga oshirsa bo‘laveradi. Faqat uy havosi toza bo‘lsin. Agar sizning yurish va yugurish uchun mo‘ljallangan harakatlanuvchi yo‘lak-trenajeringiz bo‘lsa, nur ustiga nur. Biror mashg‘ulot mobaynida qattiq uyqu bosaversa (hamma bilan ham shunday bo‘ladi, deya olmayman) yigirma daqiqa mizg‘ib olish mumkin. «Grammatikani o‘rganayotganda nima qilamiz?», - deb so‘rashgandi mendan. Mening lug‘atimda «grammatikani o‘rganish» degan jumlaning o‘zi yo‘q. E'tiroz bildirmay turing! Grammatikani so‘zsiz o‘rganasiz. «Marafoncha o‘qish» mobaynida miya to‘laqonli ishlay boshlaydi. Bir yil davomida qilgan uch ming sahifalik tarjimalaringizni tugatgach, grammatika borasidagi bilimlaringiz chet tillar fakulьteti bitiruvchisining bilimlaridan kam emasligini (ehtimol ortiqrokdir!) tushunib yetasiz. Farqi shuki, siz grammatikani zerikarli ma'ruzalar, ilmiy qonun-qoidalar asosida emas, aniq amaliyot asosida o‘rgandingiz. Ko‘pchilik o‘z ona tili grammatikasining barcha koidalarini ham to‘lik bilmasligi mumkin. Ammo o‘sha qoidalarni bir kunda ming martalab amalga tadbiq etadi, ularga rioya qiladi. Kuniga bir necha martalab ishlatiladigan so‘zlarning turkumlarini, ilmiy atamalarni bilmaslik tilda benuqson so‘zlashish san'atiga hech qanday putur yetkazolmaydi. Chet tili borasida ham aynan shunday. Siz o‘zga tildagi so‘z turkumlarining nomlari, kelishiklar, qo‘shimchalar, allambalo ilmiy atamalar bilan miyangizni to‘ldirmagan holda ham o‘sha tilni muvaffaqiyatli o‘rgana olasiz. Grammatik jadvallarga bir ko‘z tashlab chiqishning zarari yo‘q. Lekin zinhor bu ilmiy ummonga sho‘ngiy ko‘rmang. Aks holda, faqat grammatikani o‘rganasiz, tilni emas. Mabodo hozir mendan AKSh yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishimni talab kilishsa, sinovdan o‘tolmasligim aniq.Chunki bu qoidalarni umuman eslolmayman. O‘n besh yil burun shu masalada muvaffaqiyatli imtihon topshirib bo‘lganimdan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, hammasini unutganman. Xudoga shukurki, buning salbiy tomonlarini hali ko‘rmadim. Vaholanki, shuncha yildan buyon Amerikaning Nьyu-Iork, San-Frantsisko, Los-Anjeles va Sietl shaharlaridan tashqari hamma hududida hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz avtomobil boshqaraman. Kanada va Meksikada ham shunday. Shunday ekan, kim menga yo‘l harakati qoidalarini bilmaysan, deya oladi. Mana, hozir ham shu satrlarni o‘z kompьyuterimda yozib o‘tirib, kompьyuter protsessorida elektronlar soat millari bo‘yicha harakat qilyaptimi, unga qarshimi yoki umuman harakatlanmayaptimi, degan fikrlar bilan boshimni qotirayotganim yo‘q. Ammo to‘la kuch bilan ishlayapman. Kompьyuter borasidagi texnik bilimlarimning yo‘qligi unda ishlashimga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Aytaylik, «lya-minor», «fortissimo» degan atamalarni bilmasligingiz pianino chalishni o‘rganishingizga to‘sqinlik qilolmaydi. Siz musiqa sohasidagi ilmiy atamalar va ularning ma'nosini bilmagan holda ham istalgan musiqa asbobini chalishni o‘rganishingiz mumkin. Talabalik davrimda bizga lotin tilidan saboq beradigan keksa mual-limani qanday lol qilganimni yaxshi eslayman. Birinchi darsdayoq fam-matikani o‘rganishdan bosh tortgandim. Chunki meni bu tilning grammatik jadvallari dahshatga solgan. Men mustaqil shug‘ullanishga axd Qildim va o‘qituvchilarim bunga ko‘nishga majbur bo‘lishdi. Kutubxonalarda soatlab lotin tilidagi kitob va lug‘atlarni titib astoydil harakat qildim. Mening dasturim institutdagi dasturlardan o‘n barobar yaxshi edi. Imtihonda berilgan lotin tilidagi matnni bexato o‘qib, tarjima qilib berdim. Hayratini yashirolmagan bir o‘qituvchi «Hatto Plutarx ham sen bilan faxrlangan bo‘lardi», dedi hayajonlanib. Ha, fammatika tildan yaralgan, til fammatikadan emas! Mening qadrdon bo‘lib qolgan o‘quvchim, bu qattiy va ishonchli hikmatni siz ham quloqlaringizga quyib oling. Shunda sizni cho‘chitayotgan «dahshatli» grammatika oyoklaringiz ostiga yiqiladi. Biz o‘zimizni o‘rab turgan borliq muhit bilan chambarchas bog‘langanmiz. Jumladan o‘z ona tilimizga ham. Bizni bog‘lab turgan rishtalar shu qadar mustahkamki, ularni uzish aslo mumkin emas. O‘zga tilni o‘rganar ekanmiz, qarshimizda butunlay o‘zga olam namoyon bo‘ladi. Yangi borliq va muhitni kashf eta boshlaymiz. Ammo kundalik odatlarimiz bizni ortga torta boshlaydi. Oldinga, yangi dunyo sari qadam qo‘yishga imkon bermaydi. Televideniye, radio, gazetalar, musiqa-lar, yomg‘irdan so‘ng yerdan taralayotgan namxush hidlardan tortib eshik va telefon qo‘ng‘iroqlarigacha hamma-hammasi bizni o‘ziga oxanraboday tortadi. Yon-atrofimizdagi diqqatimizni osongina jalb qilayotgan har bir narsa chet tilini o‘rganishimizga xalaqit beradi. Lekin biz ulardan butunlay voz kechib ham ketolmaymiz. Chet tili chet davlatda, yangi muhit va yangicha sharoitlarda o‘rganilsa juda yaxshi bo‘lardiku-ya, lekin buning imkoni bo‘lmagandan keyin tevarak-atrofga e'tibor kamaytirilgani ma'qul. Televideniye, radio, musiqa, kitoblar, gazeta va jurnallar, son-sanoqsiz muloqotlarni vaqtinchalik rejadan o‘chirib tashlash yoki anchayin qisqartirish lozim. Dastlabki besh oyda ulardan butunlay voz kechib turgan yaxshiroq. Bu narsa sizning ruhiyatingiz va jismingizga faqat foyda keltiradi. ayniqsa ona tilingizdagi adabiyotlarni umuman o‘qimay turganingiz ma'kul. O‘z tilingizda gapiradigan odamlar bilan muloqotni kamaytiring. O‘rganayotganligingizni biladigan kishilar bilan suhbatlashing. Agar ona tilingizdagi ichki va tashqi muloqotlarni kamaytirsangiz yoki to‘xtatsangiz miyaning ma'lum qismlari faoliyatida sustlashish yuz beradi va endi ular ishlashga tashnalikni his qiladi. Miyadagi butun kuch-quvvat yangi ma'lumotlarni (ular har qancha qiyin bo‘lmasin) qabul qilishga qaratiladi. Axir bizning niyatimiz ham aynan shu-ku! Ishonavering, bu usuldan til o‘rganish mobaynida Shtirlitsning shaxsan o‘zi foydalangan edi. Negaki bu juda qadimiy usul. Qadim vaqtlardan buyon ibodatxonalar va budda maktablarida ta'lim quruq devordan iborat xonalarda olib boriladi. Miyani hech qanday tashqi ta'sirlar chalg‘itmasligi darkor. Bu ham bir ibodatdek gap. Bu holat qancha ko‘p davom etsa, shuncha yaxshi. Siz ham til o‘rganish davrida o‘zingizni rohiblarday tuting. Taxsilni boshlashdan oldin bir-ikki daqiqa mobaynida yonayotgan shamga tikilib o‘tiring. Foydasini albatta his qilasiz. Til o‘rganish davomida sizning yangi «men»ingiz shakllanadi. Qaysidir qadimiy bitikda «Kim qancha tilni bilsa, u o‘shancha hayotlarda yashaydi» degan hikmatni o‘qigandim. Men bu fikrga to‘liq qo‘shilmayman. Lekin tilni bilish - hayotimiz ranginligini orttirishi turgan gap. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling