73
boshlab, ular yana bir karra qabul qilingan qarorning nechog’li to`g’ri
ekanligini
o`ylab ko`rishadi. Odatda bu noo`rin talablarni bir-biriga qo`yish orqali
hissiyotlarni tekshirish orqali ro`y beradi. Masalan, “bu va yana bu takliflarimga
ko`nsaang, senga uylanaman, bo`lmasa, oramiz ochiq” qabilida.
7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari
bilan boshqa sira yuz
ko`rishmaslik bilan bog’liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining
aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa
bir-biridan ko`ngilsiz bo`lib qolgan bo`lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar
o`zaro
muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi,
bunday arazlashlar ko`pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini,
asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. CHunki odatda
bunday holatda qolgan shaxs
boshqa sevgilisi yo`qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan,
bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg’uradi va hatto kasalga ham
chalinib qoladi.
Er va xotin o`rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir
insonning boshqasi
ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o`z manfaati nuqtai
nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda
o`z aksini topgan bo`lib, bu –
Don Juan obrazidir. U o`z jinsiy mayllarini qondirish
maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o`z xohishi yo`lida ularning his-
tuyg’ularini toptab ketaveradi. Yoki go`zal va kelishgan ayol o`z maftunkorligi
bilan erkaklarni rom etish yo`li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin.
Ya’ni,
SHostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana
shunday manipulyativ holatlar mavjud bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: