F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Er-xotin munosabatlarini 
muvofiqlashtirish-ga oid 
qonuniyatlar 
Ya.Gozman, 
K.Xorni 
va 
boshqalarning 
yozishlaricha, faqat emotsional hissiyotlarga 
tayangan er va xotin munosabatlari tobora vaqt o`tishi bilan oqilona hamkorlik va 
do`stlik, qon-qarindoshlik munosabatlariga aylanib boradi. Yu.Dubrovinning 
(2004) ta’kidlashicha, “Ko`pchilik nikohlarni baxtli ham baxtsiz ham deb atash 
mushkul, chunki ularda er-xotinlarning bir-birlarini sekin-asta tarbiyalab borishlari 
va taqdir taqozosi bilan bora-bora munosabatlar chuqurlashib, tushunish hissi va 
do`stona munosabatlar sayqal topib, u hattoki, romantik muhabbat darajasiga 
ko`tariladi”. 
Nikoh modeli. Oila va nikoh bo`yicha ko`plab mutaxassislar Z.Freyd va 
A.Adlerning g’oyalarini ma’qullagan holda shuni ta’kidlaydilarki, oila qurayotgan 
yosh kelin-kuyovlar o`zlari anglamagan ravishda o`zlari tarbiya topgan oilalarining 
modelini yangi oilaga tadbiq eta boshlaydilar.
Ota-ona oilasi Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi mos keladi. Unga 
muvofiq, bola o`zi katta bo`lgan oilasidagi o`z jinsiga mos ota yoki ona obraziga 
o`zini identifikatsiya qilib, hayoti mobaynida ko`rgan-kechirganlarini xatti-
harakatlarida takrorlaydi, qarama-qarshi jins vakili bo`lmish ota-onaning obrazi esa 
turmush o`rtog’ini tanlashni belgilaydi. Agar ushbu obraz ijobiy bo`lgan bo`lsa, 
masalan, qiz bola uchun otasi ideal, namunali tuyulsa, kelajakda shu qiz o`z 
turmush o`rtog’i bilan kelishib yashashga moyil bo`ladi. Mobodo obraz salbiy 
bo`lsa (ota ichuvchi yoki bevafolik qilib tashlab ketgan), unga o`xshamagan 
insonni qidiradiyu, aslida topgan taqdirda ham u bilan kelishib yashashiga o`zi 
ham ishonmaydi, ruhiy iztirobda bo`ladi, ko`p ikkilanadi. Agar o`zi o`sib 
ulg’aygan oila kichik bo`lsa, istiqbolda u ham aynan detotsentrik, kichik oila 
qurishga intiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling