Onadagi tug’ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug’ilgandan keyinoq
ayrim onalarda paydo bo`ladigan ruhiy holat. Bu o`ziga xos xastalik bo`lib, uning
oldini olish uchun ko`p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik
omillarning roli katta. Kuzatishlarning ko`rsatishicha, agar oilada er-xotin
munosabatlari yaxshi bo`lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo`lmagan
vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko`mak berish yo`lga qo`yilmagan
bo`lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi (Rodrigues va
boshqalar, 2003).
Onalik deprivatsiyasi. Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona o`z onalik
burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo`lsa) va yashirin (boladan yashirin voz
kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik
holatlarida) bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda
salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham
bo`ladi. Masalan, chaqaloq tug’ilgach, xasta bo`lgani uchun uning uzoq vaqt
mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo`ladi. Bu
orada unda onalik mehri uyg’onmaydi, u yangi chaqaloqqa befarq bo`lib qoladi.
Buning oqibatlari qanchalik og’ir bo`lishi onaning yoshiga va ayriliqning
muddatiga bog’liq. Agar shunga o`xshash holatni boshidan kechigan ona juda yosh
bo`lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u o`z xulq-
atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o`z joniga
qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo`lib voyaga yetadi.
Ona bolaning yonida bo`la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda
ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo
munosabatlarda no`noq, urushqoq bo`lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi,
ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko`rib turganimizdek,
onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy
117
fazilatlari, jamiyatdagi o`rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |