F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
оила психологияси китоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari
Otalik psixologiyasi onalik psixologiyasiga nisbatan kam o`rganilgan soha.
Otalar xulqini o`rganish shuni ko`rsatdiki, ular ham g’amxo`rlik va samimiylik jihatidan ayollardan kam emas, kerak bo`lsa, ulardan ham mehribon bo`lishlari mumkin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil mehribonlik timsolida namoyon bo`lgani uchun, ular o`rtasidagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir yoshga to`lgach, bola otasini alohida mustaqil shaxs sifatida idrok eta boshlaydi, o`zaro munosabatlar triada shakliga o`tadi. Otasi va onasining o`zaro munosabatlarini kuzatib, bola tobora ayrim alohida olingan mustaqil, distantsion munosabatlarning ma’nosini tushuna boradi. Godfruaning olgan natijalariga ko`ra, bir yoshlik bola otasi bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarni qadrlaydigan, xohlaydigan bo`lib boradi. Onaning munosabatlaridan farqli, ota bolasining jinsiga qarab o`ziga xos munosabatni o`rnata oladi; o`g’il bolaga erkaklarcha, qiz bolaga boshqacha. SHu tariqa bolaning o`z jinsini anglashi, gender tafovutlar to`g’risida tasavvurlar shakllanadi. Umuman, oilada otaning bo`lishi bolaning ijtimoiy ko`nikmalari shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Buni bizning kuzatishlarimiz ham tasdiqlagan. Otaning mehri qiz bola uchun ham shu qadar muhimki, u ota-ona munosabatlarini hayoti mobaynida kuzatib borib, kelajakda o`z turmush o`trog’iga qanday munosabatda bo`lish lozim, degan savolga javob topadi. Ona xulqiga qarab esa, turmush o`rtog’i bilan baxtiyor yashash uchun ayol qanday bo`lishi kerak, degan savolning mag’zini chaqadi. SHuning uchun ham qiz bola uchun ham, o`g’il bola uchun ham oilaning butligi, ota-ona munosabatlarining iliq, samimiy, gumanistik bo`lishi katta hayotiy ahamiyat kasb etadi. 7.5. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari ila, undagi shaxslararo munosabatlar, er-xotin va ota-ona hamda bolalar munosabatlari ko`plab tadqiqotlarning ob’ekti va predmeti bo`lgan. Bu borada O`zbekiston olimlarining ishlari ham diqqatga molik. Lekin bu haqda mahalliy matbuotda, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop O 118 etilgan qator risola va qo`llanmalarda batafsil bayon etilganligi sababli, bu borada jahon adabiyotida keltirilgan ilmiy izlanishlarning qonuniyatlarini bayon etishga qaror qildik. Xususan, ota-onalik ustanovkalari va ularning farzand tarbiyalash uslublari muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning asarlarida qayd etilgan (A.E. Lichko, 1979; A.A. Bodalev, A.A. Stolin, 1989; E.G. Eydemiller, V.V. Yustitskiy, 1999). Ota-onalikning eng muhim sifatlariga avvalo – protektsiya yoki farzandlarini tarbiyalash uchun sarflanadigan kuch, vaqt va e’tiborning mezoni, bolaning turli ehtiyojlarini qondirish darajasi, intizomga chaqirish bilan bog’liq talablar darajasi, ta’qiqlovlar yoki bolaning xulqini jilovlash uchun ishlatiladigan sanktsiyalar tizimi kiradi. 7.4-jadval Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling