2.2. So’z yasash usuli orqali yasalgan so’zlarni tarjima qilishdagi muammolar
Asarning asl mazmuniy-g`oyaviy xususiyatini kitobxonga yetkazib berish mas’uliyati tarjimonni so`zma-so`z tarjima qilishdan qochib, ikki tilning lisoniy vositalaridan unumli foydalangan holda asarni qayta yaratishga undaydi. Shu vazifani mohirona amalga oshira olgan o`zbek istedodli tarjimoni Miraziz A’zam o`zining “Jahon bolalar adabiyoti” nomli hikoya va she’rlar to`plamini nashr ettirgan.Ushbu to`plamdan o`rin olgan Redyard Kiplingning “How the rhinoceros got his skin”(“Karkidonga Bunday teri qayoqdan kelgan”) hikoyasini lisoniy-uslubiy jihatdan tahlil qilar ekanmiz, leksik va grammatik transformatsiyalardan unumli foydalanganligining guvohi bo’lamiz:
Asliyatda:
In those days the Rhinoceros’s skin fitted him quite tight. There were no wrinkles in it anywhere. He looked exactly like a Noah’s Ark Rhinoceros, but of course much bigger12.
Tarjimada:
U paytlarda Karkidonning terisi yupqa, sip-silliq, bironta ham osilgan solingan, qarimsiq joyi yoq edi, ko`rinishi xuddi yog`och o`yinchoqqa o`xshab ketardi, turgan gapki yirik o`yinchoqqa o`xshardi, demoqchiman13.
“fitted quite tight” iborasi so`ma-so`z tarjima qilinmay yani “karkidonning terisi tarang joylashgan” deb tarjima qilish o`rniga “karkidonning terisi yupqa, silliq…” varianti ancha afzalroq topilgan. Bundan tashqari “Noah’s Ark” so`z birikmasi o`zbek kitobxoniga tushunarli bo’lmasligi mumkin. Noah’s Ark so`z birikmasi xristianlarning muqaddas kitobi Injilda keltirib o`tilgan Noy tomonidan qurilgan “kema” ma’nosini anglatadi.Ushbu so`z o`zbek kitobxoni uchun hech qanday informativ xususiyatga ega bo`lmaganligi sababli tushurib qoldirilgan va o`rni “yog`och o`yinchoq” so`zi bilan to`ldirilgan. Bu misollar leksik transformatsiyaning o`rin almashtirish (umumiylashtirish) turiga kiradi.
Asliyatda: He baked it and he baked it till it was all done brown and smelt most sentimental14.
Do'stlaringiz bilan baham: |