Faculty of translation theory and practice department of translation theory and practice


Download 57.76 Kb.
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi57.76 Kb.
#1005702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kk

Tarjimada:

Shunday qilib, u o`zi hozirlagan pishiriqni tandir- o`choqqa yopdi, u qip- qizil bo’lib pishdi va butun atrofga ishtaha qo`zg`atadigan mazali hid tarqaldi.2

Asliyatda berilmagan so`zlarni tarjimada qo`shish matnni tushunishga ko`maklashadi, shu sababli tandir-o`choq so`zi tarjima jarayonida qo`shilgan. Mutarjim “most sentimental” so`zini tarjima qilishda leksik transformatsiyaning konkretlashtirish usulidan foydalangan. Bu so`zni o`zbek tilida “tez ta’sir qiladigan” “yurakni ezadigan” “hassos” “bo`sh” tarjimalari mavjud. Lekin bu yerda kontekstdan kelib chiqqan holda “ishtaha qo`zg`aydigan” deb tarjima qilingan. Shuningdek, leksik transformatsiyaning uchinchi turi, yani ikki hodisa ortasidagi mantiqiy aloqaga asoslanib tarjima qilingan. Asliyat matni va tarjima matnidagi fikrlar bir-birlari bilan semantik jihatdan sabab va natija sifatida bog`langan. Asliyatda avval sabab keyin natija keltirilgan bo`lsa, tarjimada buning aksi avval natija keyin sabab keltirilgan.


Hikoya ichida keltirilgan she’riy parchada asliyatdagi so`zlarning aynan tarjimasi emas, balki hikoyaning umumiy kontekstidan kelib chiqqan ma’nosi yoritilgan.

Asliyatda:

‘Them that takes cakes

Which the Parsee-man bakes

Makes dreadful mistakes.15

Tarjimada:

Kim yemakni shox ila titgay,

O’z terisin badburush etgay”


O`zbek tilida “va” bog’lovchisi ingliz tiliga nisbatan kam ishlatilishi bois tarjimada “and” bog`lovchisi o`z ma’nosida kelmaydi. Quyidagi gapda ham bu yaqqol bilinadi.
Asliyatda:
“…the cake crumbs tickled him worse and worse and worse.”
“And” bog`lovchisi mazmunni kuchaytirish maqsadida ishlatilgan va o`zbek tiliga “yana” so`zi orqali ifodalangan:
“… holi yana yomonroq bo`laverdi, yomonroq bo`laverdi, yomonroq bo`laverdi.”

Asliyatda:

Then he wanted to scratch, but that made it worse.

Tarjimada:

U qashinmoqchi bo`lar, ammo bundan ahvoli battar yomonlashardi 6 “made” fe’li to make fe’lining o`tgan zamon shakli bo’lib, “tayyorlangan”, “yasalgan” “majbur qilingan” ma’nolari mavjud. Ammo bu gapda hikoyaning mazmunini saqlash maqsadida “make” so`zining munosib ekvivalenti tanlangan.


Shuningdek, shu kabi leksik transformatsiyalarni R.Kiplingning “Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” (How the Camel Got His Hump) asarida ham uchratish mumkin. Masalan, asliyatda:
…and when anybody spoke to him he said ‘Humph!’ Just ‘Humph!’ and no more.

Tarjimada:

Unga bir nima desalar, og`zidan ko`piklar sachrab, kavsh qaytarib:


Download 57.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling