Fakultet: " " kafedra: " "
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim vositalari
- O’qitishning qo’shimcha vositalari
Laboratoriya metodi. Bu ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga atrofni o’rab turgan ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o’zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, o’zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega.
Demak, bu shunday ta’lim metodiki, unda ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o’tkazadi yoki amaliy vaziflarni bajaradi va shu jarayondagi bilimni yangilaydi va tushinib etadi. Shu sababli ham ular qat’iy reja asosida olib boriladi. Reja ta’lim mazmunini ta’lim oluvchilar tomonidan tajribalar va amaliy ishlarni bajarish hamda o’rganishning ko’rsatmalarini ifodalovchi ta’lim beruvchining hujjati hisoblanadi. Unda mashg’ulot mavzusi, ishning maqsadi, unga ajratilgan vaqt, mashg’ulot mavzusining mazmuni, mashg’ulot bo’yicha adabiyotlar ro’yxati o’z ifodasini topadi. Laboratoriya metodi, deyarli barcha fanlar bo’yicha ta’lim berishda uchraydi. Ayrim fanlarda, ya’ni, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, kasbiy ta’limga oid fanlarda, psixologiya, informatika va shu kabi predmetlarni o’rganishda esa ko’proq qo’llaniladi. Ular maxsus jihozlangan laboratoriya honasida tegishli moddiy-texnika vositalari va majmualari yordamida olib boriladi. Laboratoriya mashg’ulotlari xususiyatiga ko’ra quyidagicha turlarga va shakllarga bo’linadi (1 - shakl): Ta’lim vositalari. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. O’qitishning asosiy vositalari-bu asosiy o’quv mazmuniga ega bo’lgan rejalar, o’quv dasturlari, darslik va o’quv qo’llanmalaridir. O’qitishning qo’shimcha vositalari-bu ta’lim oluvchilardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to’plami, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, ko’rsatmali va ko’rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling