Fakultet: " " kafedra: " "
Ta’lim metodlari tasnifi va mohiyati
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
Ta’lim metodlari tasnifi va mohiyati.Ta’lim metodlari tasnifi. Ta’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishga oid turli- tuman qarashlar mavjud: ba’zi mutaxassislar ta’lim metodlarini tasnif etishga bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim mutaxassislar o’qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o’quvchilar faoliyatining e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko’p va rang-barang bo’lishi tabiiy. Zero, ta’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo’lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham dahldor kategoriyadir. S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant o’qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o’quvchi nutqi, ko’rgazma qurol, darslik hamda qo’shimcha adabiyotlarni ta’lim manbai sifatida qarab, ta’lim metodlarini uch guruhga ajratishgan: bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Didaktikada ta’lim jarayonining turli bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib ta’lim metodlarini tasnif etish g’oyasi ham mavjud. M.A.Danilov, B.P.Yesipov o’zlarining qator asarlarida ta’lim metodalarini quyidagicha guruhlarga ajratishgan: bilimlarni o’rgatishga oid metodlar; malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari; bilim va malakalarni tatbiq etish metodlari; ijodiy ishlash metodlari; bilim va malakalarni mustahkamlash, tekshirish metodlari. M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner ta’lim metodlarini tasnif etishda o’quvchilar faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishgan va ularni quyidagicha guruhlarga ajratishgan: izohli-ko’rgazmali metodlar; qayta ishlashga oid standart metodlar; muammoli bayon metodi; evristik metod; ilmiy izlanish metodlari. M.I.Maxmutov ta’lim metodlarini tasnif etishda o’qitish usullari bilan o’qish usullarini o’zaro qo’shishni taklif etadi. Uning uqtirishicha, bu usullar-o’qitish usullari va o’qish usullari o’zaro qo’shilib, quyidagi ta’lim metodlarini hosil qiladi: xabar- umumlashtirish tipidagi metodlar: izohli va eslashga oid metodlar; ko’rsatmali-amaliy metodlar; qisman izlanishga oid; izlanish metodlari. Ukrain olimlari V.F.Palamarchuk, V.N.Palamarchuk ta’lim metodlarini tasnif etishda uch narsani-ta’lim manbalari, bolalarning faollik va mustaqillik darajasi, o’quv bilishining borishidagi mantiqiy yo’lni hisibga olish zarurligini uqtirishadi. Shuningdek, S.G.Shapovalenko ta’lim metodlarini tasnif etishda ularning mantiqiy mazmuniy, manbai, jarayoniy, tashkiliy-boshqaruchanlik xususiyatlarini hisibga olishni taklif etadi. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishda bir paytda ta’lim manbalari va mantiqiylikni (N.M.Verzilin), ta’lim manbalari va o’quvchilarning mustaqillik darajasini (A.N.Aleksyuk, I.D.Zverev) mezon qilib olish moyilligi ham mavjud. Mashhur didakt olim Yu.K.Babanskiyning qator ilmiy-pedagogik asarlarida ta’lim metodlari o’quvchi faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etilgan. U ta’lim metodlarini uch guruhga ajratgan: o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish metodlari; o’quv biluv faoliyatini rag’batlantirish metodlari; o’quv biluv faoliyati samaradorligini nazorat etish metodlari. Har xil guruh o’z ichida yana kichikroq guruhlarga ajraladi. Masalan, birinchi guruh metodlari jumlasiga quyidagilar kiradi: og’zaki bayon metodlari; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar; induktiv va didaktiv metodlar: reproduktiv metodlar: muammoli izlanish metodlari va mustaqil ishlash metodlari. Yuqoridagiga o’xshab rag’batlantirish, nazorat qilish metodlari ham o’z ichida guruhlarga ajralgan. Hozirgi paytda ta’lim metodlariga oid mukammal tizim Yu.K, Babanskiy tasnifidir. Ta’lim metodlarini tasnif etish masalasiga doir qarashlarning ko’pligi, rang-barangligi ularning-ta’lim metodlarining ko’p qirrali didaktik hodisa ekanligi bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, bu didaktika sohasiga amal qilayotgan diffirentsiya va integratsiya jarayonlarining natijasidir. endilikda ta’lim metodlari mohiyatini bayon etishga ko’p tomonlama, kompleks yondashish zaruriyati kuchayib bormoqda. Bu inson faoliyatiga yaxlit yondashish metodologiyasi asosida birlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. O’zaro ta’sir ta’lim metodlarini tasnif etish mezoni. O’zaro ta’sir integrativ didaktik hodisa bo’lib, bir tomondan, didktikaning tadqiqot peradmeti, ikkinchi tomondan esa, ta’lim metodalarini tasnif etish mezoni sanaladi. U insonning boshqa shirkat faoliyatlari, masalan, moddiy ne’matlarini ishlab chiqarish, vositasi, natijasiga ega. O’zaro ta’sirning ma’lum bosqichida erishilgan maqsad keyingi bosqichda vosita sifatida amal qiladi. Binobarin, ta’limning borishida erishilgan maqad natijaga, natija esa o’z navbatida keyingi maqsadlarini amalga oshirish vositasiga aylanadi. O’zaro ta’sir o’qitish usullarining va o’qish usullarining bir–biriga qo’shiluvi, muvoffiqlashuvi oqibati- hosil faoliyat shaklida amal qilidi. Uning bosqichma-bosqich harakati tashkiliy-boshqaruv, undash-rag’batlantiruv, nazorat-tekshiruvni taqazo etadi. Binobarin, o’zaro ta’sir ma’lum vositalar bilan harakatga tushirish, tartibga solish mumkin. O’zaro ta’sirni o’qitish usullari va o’qish usullarining o’zaro tutashuvidan-ularning o’zaro qo’sxilgan joyidan izlash yo’li bilan ta’lim metodlarini yaxlit tizim sifatida tavsiflash mumkin. Ta’lim me’todlarini o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib tasnif etganda quyidagilarga erisxiladi: ta’lim metodlarining yaxlit tizimi yaratiladi; ta’lim metodalarini tasnif etish uchun integrativ birlik ajratiladi; ta’lim metodlarining o’qitish va o’qish usullari tutashuvidan shakllanishi e’tirof etiladi, ta’lim metodlari muammosiga kompleks yondasxiladi; ta’lim metodlariga mazmuniy va jarayoniy tasnif beriladi. O’qitish usullari va o’qitish usullarining bir-biriga muvoffiqlashuvi ta’limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro ta’siri shaklida amal qilishni ta’minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz: o’zaro ta’sirni tashkil etish va boshqa metodlari, o’zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari. Ta’lam metodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta’siri qatnashadi. O’zaro ta’sir ishtirok etmaydigan metod ta’lim metodi sanalmaydi. Masalan, o’quvchi evrestik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’zi dars beradigan sinf o’quvchilarning umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning real o’qish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta’limda faol ishtirok yetishadi. O’quvchilarning yosh individual, xususiyatlari, real o’qish imkoniyatlariga mahs, bolalarni tuzish fikrlashga jalb etadigan, qiziqishlarni oshiradigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Interfaol metodlar tanlanganda ta’lim sub’ektlarining har ikkalasi ham ta’limda faol qatnashishadi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga kishini bildirgan so’zlarni alohida, kishidan boshqa predmetlarni bildirgan so’zlarni alohida-alohida yozish vazifasini topshirgan bo’lsin. Bunday o’quv holatida o’quvchilar ona tili va tabiatshunoslikdan o’rganilgan bilimlardan foydalanib topshiriqni bajarishadi. Topshiriqni bajarish o’qituvchi faolligi va o’z navbatida, o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta’minlaydi. Demak, interfaol ta’lim metodlari faol ta’minlashga olib keladi. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O’quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o’zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o’quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so’z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og’zaki metodlar; hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o’quv axborotlarini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari-ko’rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; uchunchi guruh metodlariga o’quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, labaratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo’llanilib kelayotgan ta’lim metodlarini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (1 - shakl). O’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to’g’ridan-to’g’ri ta’lim beruvchining jonli nuqti orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko’ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi. Ta’limning ko’rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foydalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko’rishda ta’lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega. Download 186.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling