Fakultet: geologiya va muhandislik gelogiyasi fan: mineral xomashyolar iqtisodiyoti mustaqil ish
Foydali qazilma konlarini baholash tamoyillari
Download 45.52 Kb.
|
6.Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash
Foydali qazilma konlarini baholash tamoyillari
Konlarni geologik–iqtisodiy jihatdan baholash quyidagi maqsadlarni ko‘zlab amalga oshiriladi: Foydali qazilma konlarini geologik–iqtisodiy jixatdan baholashning eng muhim tamoyillari quyidagi sxemada aks ettirilgan: a.Mamlakat iqtisodiyotini mineral xomashyolarga bo‘lgan extiyojlarini maksimal qondirish tamoyili. Geologik–iqtisodiy baholash har doim ham qiyosiy va vaqtinchalik harakterga ega bo‘ladi. Ma’lum vaqt davomida har bir aniq konning ijobiy yoki salbiy tomondan baholash, bir tomondan, mamlakatning u yoki bu mineral xomashyoga bo‘lgan extiyojiga, ikkinchi tomondan, mineral xomashyolar bazasining xolatiga(razvedka qilingan va ekspluatatsiyaga tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar balansiga) bog‘liq. Umumiy xolatda u yoki bu mineral xom ashyolarga bo‘lgan extiyojning oshib borishi barcha kambag‘al konlarni ham o‘zlashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Buning uchun avval sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan deb qaralgan konlar qayta baholanadilar. Aksincha, yangi ochilgan, oldinroq o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan boy konlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan konlar qatoriga kiritilishi ham mumkin. Konlarni baholashda ularni ishga tushirish, mineral xom-ashyolarni boyitish va qayta ishlash jarayonlarida fan va texnika yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fan, texnika va texnologiyalardagi bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar mineral xomashyolar ishlab chiqarishdagi sarf harajatlarni tizimli ravishda kamaytirib borish, katta chuqurliklarda va nisbatan murakkab tog‘-texnik va gidrogeologik sharoitlarda hosil bo‘lgan barcha kambag‘al ma’dan konlarini ham ishga tushirish imkonini beradi. Ilmiy yangiliklar, yangi, nisbatan qudratli texnikalarni yoki ilg‘or texnologiyalarni tog‘–kon sanoatiga tadbiq etilishi konlarni baholashni tubdan o‘zgartirib yuborishga olib kelganligi haqida ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, Chexiyadagi uran–radiyli kondan bir necha yuz yillar davomida avval kumush, so‘ng kobalt, undan so‘ng radiy qazib olingan va o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab hozirga qadar chiqindi sifatida tashlab yuborilgan uran ma’danlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Shuningdek, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston xududidagi Muruntov oltin koni ma’danlari tarkibidan ma’lum miqdorda oltin ajratib olinib, tashlab yuborilgan oltin chiqindilarini ikkilamchi qayta ishlashning yangi texnologiyalarini qo‘lash natijasida chiqindi tarkibidan qo‘shimcha oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Fan, texnika va texnologiyalarni tabora rivojlanib borishi, yangi sanoat tarmoqlarini paydo bo‘lishi bilan zaxiralar balansi va mamlakat iqtisodiyotining mineral xomashyolarga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasidagi nisbat o‘zgarishlari bilan bog‘liq baholash ishlarini bajarishda yangi parametrlardan foydalanish yoki mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling