Fakultet: geologiya va muhandislik gelogiyasi fan: mineral xomashyolar iqtisodiyoti mustaqil ish


b. Baholash ko‘rsatgichlarini nisbatan to‘liq va ishonchli aniqlashga bosqichma–bosqich yaqinlashish tamoyili


Download 45.52 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1755260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6.Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash

b. Baholash ko‘rsatgichlarini nisbatan to‘liq va ishonchli aniqlashga bosqichma–bosqich yaqinlashish tamoyili. Konlarni geologik–iqtisodiy jixatdan baholash kon va kon nishonalarini bosqichli o‘rganish zaruriyatidan kelib chiqiladi. Baholash ko‘rsatgichlari barcha bosqichlarda bir xil bo‘ladi, faqat maqsadi, to‘liqligi, tavsiyliligi va ishonchliligi o‘zgarib turadi. Qidirish bosqichlarida baholash ko‘rsatgichlari sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan ko‘p sonli ma’dan nishonalari orasidan birinchi navbatda o‘rganishga arziydiganlarini tanlab olish uchun kerak. Bu bosqichda baholash ko‘rsatgichlarining aniqligi tanlab olingan istiqbolli ma’dan nishonalarini dastlabki razvedka qilish tempi va muddatlarini o‘rganish ketma–ketligini to‘g‘ri belgilash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Dastlabki razvedka bosqichi javobgarligi juda yuqori bo‘lgan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda konning sanoat ahamiyati, uni tegishli sanoat tarmog‘i iqtisodiyotidagi o‘rni to‘la aniqlangan, uni o‘zlashtirish muddatlari va tempi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Dastlabki razvedka ma’lumotlariga muvofiq tavsiliy razvedka o‘tkazish uchun uchastkalar ko‘zda tutiladi. Uni o‘tkazish miqyosi va muddatlari aniqlanadi. Tavsiliy razvedka uchun uchastka tanlashda hatoliklarga yo‘l quymaslik maqsadida, bu bosqichda olib boriladigan razvedkaning baholash ko‘rsatgichlari nafaqat butun kon bo‘yicha balki, uning ayrim uchastkalari bo‘yicha ham yetarli darajada aniq bo‘lishi kerak.
Tavsiliy razvedka bosqichidagi ko‘rsatgichlarning aniqligi, rudnik qurilishi(tog‘-ma’dan korxonasi strukturasini, qazib olish usullari va tizimlarini, ma’danlar shixtovkasini, turlarini, inshootlar soni va quvvatini, mineral xom–ashyolarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha barcha operatsiyalar rejimi va mehnat hajmini to‘g‘ri tanlash) va ekspluatatsiyasini (qoplama jinslar va ma’danlarni qazib olish, ma’danlarni boyitish, konsentratlar ishlab chiqarish, materiallar sarfi va x.k. bo‘yicha ishlar hajmini) rejalashtirish tezkorligini ta’minlashi lozim.
Dastlabki razvedka bosqichida barcha baholash ko‘ratgichlari, shu jumladan, texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlar ham konning chizmalardagi modelini qurish, konturlash va yiriklashtirilgan hisobkitoblar yo‘li bilan aniqlanadi. Vanihoyat, tavsiliy razvedka bosqichida bunday hisob kitoblar rudnik qurilishi va kon ekspluatatsiyasi bosqichlariga qat’iy bog‘lanadi. Bir bosqichdan boshqasiga kon haqidagi tasavvurlar to‘ldirilib va aniqliklar kiritilib boriladi, mos ravishda barcha hisoblar qayta tekshirilib, o‘zgarishlar hisobga olinadi. Baholash ko‘rsatgichlarini nisbatan to‘liq va ishonchli aniqlashga bosqichma–bosqich yaqinlashish tamoyilining mazmuni aynan shunda o‘z ifodasini topadi.
Shunday qilib, baholash uslubi va ko‘rsatgichlari konlarni o‘rganishning barcha bosqichlarida bir xil.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling