Fakultet: geologiya va muhandislik gelogiyasi fan: mineral xomashyolar iqtisodiyoti mustaqil ish


d. Konlarni baholashda dastlabki ma’lumotlar


Download 45.52 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1755260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6.Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash

d. Konlarni baholashda dastlabki ma’lumotlar.Foydali qazilma konlarini baholashni belgilovchi dastlabki ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin: geografik–iqtisodiy, rejali va geologik.
Geografik–iqtisodiy omillar konning geografik xolatini, iqlimini, rayonning relefi va o‘zlashtirilganligini, sanoat korxonalarining mavjudligini, aholi soni va ularning ish bilan bandligini, bo‘sh ishchi kuchlarini, rayonning transport sharoitlarini, elektr energiyasi, qurilish materiallari, suv resurslari bilan ta’minlanganligini, tog‘-ma’dan kombinatining ishlab turgan, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan korxonalar bilan, qo‘shimcha mineral hom ashyolar istemolchilari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish imkoniyatlarining mavjudligi, ularning hajmi kabi bir qator ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Bu ma’lumotlar foydali qazilma konlarini baholash uchun katta va ko‘p hollarda xal qiluvchi ahamiyatga ega. Yo‘l tarmoqlari yaxshi rivojlangan, aholisi zich joylashgan sanoatlashgan rayonlarda konlarni o‘zlashtirish, kam o‘zlashtirilgan, yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlarda joylashgan konlarni o‘zlashtirishga nisbatan albatta ancha qulay. Chunki ular uchun kamroq kapital mablag‘ jalb etiladi, o‘zlashtirish muddati qisqa, mahalliy ishchi kuchlari uchun maishiy sharoitlar yaratishga ortiqcha mablag‘ sarflanmaydi, ularni ko‘chirish, tashish zaruriyati yo‘q, shuningdek, mineral hom ashyolar yoki qayta ishlash mahsulotlari uzoqdan tashib kelinmaydi. Ayniqsa, bu qurilish materiallari, ko‘mir, temir ma’danlari, boksidlar, oxaktoshlar, agronomik hom ashyolar kabi o‘ta muhim, ammo nisbatan arzon va katta hajmda foydalaniladigan foydali qazilmalar uchun taalluqli.
Korxonaning yillik quvvatini aniqlash.

Korxonaning yillik quvvati sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning umumiy rejalari asosida quyidagi uchta omillar guruhiga bog‘liq ravishda belgilanadi: razvedka qilingan zaxiralar miqdori va ularning oshirib borish istiqboliga; konning qazib olish usuliga va tizimlariga, hamda tayyorlov lahimlari va tozalash ishlarini o‘tish tezligiga; mamlakat iqtisodiyotining ayni mahsulotga bo‘lgan ehtiyojiga.


Konning miqyosi va korxonaning mavjudlik muddati, shubhasiz, birinchi navbatda uning yillik quvvatini belgilaydi. “Texnologik loyihalashning yagona me’yorlari”ga muvofiq, yillik ishlab chiqarish rudniklarni mavjudlik muddatlariga bog‘liq ravishda quyidagicha bo‘lishi lozim:
Amortizatsiya harajatlari odatda 10-15%ni, kam xollarda 25%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatini oshib borishi bilan ekspluatatsion harajatlar keskin kamayadi.
Rudnikning ishlab chiqarish quvvatini oshirib borish bilan kapital kiritmalar hajmi ham oshib boradi. Chunki bunda kondagi ma’dan zaxiralari o‘zgarmaydi, 1 tonna ruda uchun sarflangan kapital harajatlarni qoplash kapital harajatlar summasiga proporsional ravishda oshib boradi. Shuning uchun tog‘-kon sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, kapital mablag‘lar kiritish va mos ravishda amortizatsion ushlanmalarni oshirib borilgungacha iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, korxonaning iqtisodiy jihatdan optimal yillik quvvati ekspluatatsion harajatlarning minimal summasiga javob beradi va 1 tonna qazib olish uchun ketgan kapital harajatlarni qoplaydi.
Shunday qilib, tog‘-konsanoat korxonasining optimal yillik quvvatini tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: geologik va tog‘-texnik omillar bo‘yicha mineral xom-ashyolarning balansdagi zaxiralariga bog‘liq ravishda maksimal qalinligi, rudnikning optimal mavjudlik muddati, ma’danli tananing yotish sharoiti, qazib olish usullari va tizimlari, rudnikning tashkiliy-texnik strukturalari aniqlanadi. Shu bilan birga, mineral xom-ashyolarga bo‘lgan joriy va istiqbolli talablar, uning kamyobligi hisobga olinadi. Qazib olishning bir qancha usullari va tizimlarini yoki yillik quvvatni tanlashda loyihaviy asos va ko‘p variantli texnik-iqtisodiy hisoblar bajariladi. Bu variantlarni taqqoslash korxonaning ishlab chiqarish quvvatining optimal variantini topishga yordam beradi. Bunda baholash me’zoni bo‘lib, qazib olingan 1 tonna ma’danning to‘la tannarxi, homashyoning yillik ishlab chiqarish va korxonaning yillik iqtisodiy samaradorligi, umumiy va nisbiy kapital ajratmalar hajmi xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiyki, mineral homashyoni qazib olish va qayta ishlash(boyitish) vaqtidagi yo‘qotilishlar, ifloslanishlar va ularning tog‘-kon korxonasining ohirgi mahsuloti tannarhiga ta’sir ko‘rsatish darajasi hisobga olinadi.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling